Kamilov Ulug‘ Vatan urushining 80-yilligi arafasida she’r o‘qidi – video

© MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Sharof Rashidovning “Jangchi” she’rini o‘qidi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari ijtimoiy tarmoqlarda Ulug‘ Vatan urushi boshlanishining 80-yilligi arafasida xotira aksiyasini boshlashdi. Video Belarus TIVning Facebook᾽dagi sahifasiga joylangan.
Fashistlar Germaniyasi 1941-yil 22-iyun kuni SSSR hududlari bo‘ylab birinchi zarbalarni bergan.
“Hech kim chetda qolmadi, Sovet Ittifoqining har bir xalqi uchun bu urush milliy fojiaga aylandi. Bugun xalq shoirlari MDHga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari ovozi bilan hammamizga urushning dahshati va himoyachilarning qahramonliklari, dushmanning o‘z so‘zida turmasligi va ota-bobolarimizning matonati, yo‘qotishlar g‘am-g‘ussasi va G‘alaba shodiyonasi ko‘z yoshlari haqida eslatishadi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sharof Rashidovning “Jangchi” she’rini o‘qib bergan.
Shuningdek, aksiyada,Sergey Lavrov (Rossiya) Vladimir Makey (Belarus), Jeyxun Bayramov (Ozarbayjon), Muxtar Tleuberdi (Qozog‘iston), Ruslan Kazakbayev (Qirg‘iziston) va Sirojiddin Muhriddin (Tojikiston) ishtirok etgan.
2021 yilda MDHda raislik qilayotgan Belarus aksiya tashabbuskori bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0