Jamiyat

Koronavirus "hindcha shtammi" Qozogʻistonga ham yetib keldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishGospital dlya bolnыx COVID-19
Gospital dlya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlardan olingan namunalarini PTSR-skrining tekshiruvidan oʻtkazdi.
TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusning hindcha shtammining Nur-Sultonda ehtimoliy aylanishini aniqladi, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston.
Nur-Sultonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanishning keskin oʻsishi munosabati bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlardan olingan namunalarini PTSR-skrining tekshiruvidan oʻtkazdi.
Skrining natijalariga koʻra, "delta" shtammiga (hindcha) xos boʻlgan mutatsiyani aniqlandi.
Dezinfektsiya v prigorode Bagdada - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Dunyoda
Oʻta xavfli "qora mogʻor" Iroqqa yetib keldi: 2 kishi vafot etdi
Mutatsiya mavjudligi va uning "delta" shtammiga tegishli ekanligi yakuniy tasdigʻi DNK namunalarining toʻliq tahlili tugagandan soʻng aniqlanadi.
Koronavirusning "Delta" turi juda yuqumli va aniqlangan shtammlarga qaraganda 60% koʻproq yuqumli boʻlib, oʻrtacha 1 kishidan 5-6 kishiga yuqadi, aylanib yuruvchi shtammlardan 3-4 kishiga yuqadi, qisqaroq inkubatsiya davri (7 kungacha) bilan farq qiladi.
Bu infektsiyaga chalingan bemorlarda boʻgʻimlarda va qorin boʻshligʻida qattiq ogʻriq, koʻngil aynishi va qayt qilish alomatlarni sezadi, kasallik karlik va oyoqlarning mikrotromoziga olib kelishi mumkin.
BSSTning maʼlumotlariga koʻra, 20 iyun holatiga SARS-CoV-2ning "delta" shtammi 74ta davlatda aniqlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala