Siyosat

Mirziyoyev administratsiyasi xodimlari COVIDga qarshi emlanganmi - Sherzod Asadov javobi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Oʻzbekiston prezidenti matbuot-kotibi Sherzod Asadov bundan ikki hafta oldin vaktsina olganini maʼlum qildi
TOSHKENT, 21 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi xodimlarining vaktsinatsiya jarayoni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan emlanish tartibi asosida amalga oshirilmoqda, deb maʼlum qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Oʻzbekiston prezidenti matbuot-kotibi Sherzod Asadov.
"Respublika Koronavirusga qarshi kurash komissiyasi Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan kelib chiqqan holda aholi orasida emlanish tartibini ishlab chiqqan va emlanadigan insonlarni kategoriyalarga boʻlib chiqqan. Xuddi shu tartibda prezident administratsiyasi masʼullari ham dastlab 65 yoshdan kattalar va surunkali xastaliklari boʻlgan xodimlar emlanishdan oʻtishayapti va bu jarayon davom etayapti", - dedi Asadov.
Glava Duxovnogo sobraniya musulman Rossii Albir Krganov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Rossiya
Rossiyada taniqli muftiy musulmonlarni vaktsina olishga chaqirdi
Prezident matbuot-kotibining soʻzlariga koʻra, joriy yil fevral oyida respublika komissiyasi jurnalist va OAV xodimlarini ham xavf kategoriyasiga kiritgach, Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi matbuot-xizmatida ham emlanish choralari koʻrilishi boshlangan.
Emlash jarayonida Respublikada roʻyxatdan oʻtganvaktsinalardan foydalanilmoqda: bu Oʻzbekiston va Xitoy olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001, AstraZeneca va "Sputnik V" vaktsinalaridir.
Oʻzbekiston rahbarining matbuot-kotibi Sherzod Asadov 2 hafta oldin, 7 iyun kuni Oʻzbekiston va Xitoy olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasining birinchi komponentini olganini aytdi.
Asadov barcha oʻzbekistonliklarni sanitar-epidemiologik qoidalarga rioya qilishga xususan, antiseptik vositalardan foydalanishga va niqob taqishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala