Mirziyoyevning joriy haftadagi ish jadvali ma’lum qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Obuna bo‘lish
Hafta davomida qator tadbirlar rejalashtirilgan. Jumladan, prezident Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishadi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy haftadagi ish jadvali borasida ma’lumot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Hafta davomida rejalashtirilgan tadbirlar:
Bugun, 21-iyun kuni 15-16 iyul kunlari Toshkentda o‘tishi rejalashtirilgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish;
Toshkent shahrini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taqdimot;
22 iyun mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish;
23 iyun kuni Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot;
Tarmoq va hududlarda investitsiya loyihalari ijrosi hamda mahalliy sanoat loyihalarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor;
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev joriy haftada Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.
Yangiliklar lentasi
0