Rossiya

Moskvada oʻsmirlar uchun “Sputnik V” vaktsinasining tadqiqoti boshlanadi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishRossiyskaya vaktsina protiv COVID-19 "Sputnik V
Rossiyskaya vaktsina protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Iyul oyida Moskvada oʻsmirlar uchun “Sputnik V” vaktsinasining tadqiqoti boshlanadi. Tadqiqotda 350 kishi qatnashadi.
TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Gamaleya markazi 12-17 yoshdagi oʻsmirlar uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining klinik tadqiqotlarini boshlaydi. Bu haqda Moskva merining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anastasiya Rakova maʼlum qildi.
Tadqiqot joriy yil iyulida boshlanadi va Moskvadagi ikkita tibbiyot muassasasida oʻtkaziladi. Oʻsmirlarga 18 yoshdan kattalar uchun qoʻllanilayotgan “Sputnik V” vaktsinasi taklif qilinadi, lekin kam miqdorda, deya aniqlik kiritdi Rakova.
Meditsinskiy rabotnik nabirayet v shprits rossiyskuyu vaktsinu Sputnik V  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2021
Rossiya
Gintsburg: “Sputnik V” koronavirusning barcha maʼlum shtammlaridan himoya qiladi
Tadqiqotda 350 kishi qatnashadi. Shulardan 100 nafari tadqiqotning birinchi va ikkinchi, 250 nafari esa uchinchi bosqich doirasida.
“Hozir tadqiqotning birinchi va ikkinchi bosqichida qatnashish uchun koʻngillarlarning dastlabki saralashini oʻtkazyapmiz”, - dedi mer oʻrinbosari.
Tadqiqotning birinchi va ikkinchi bosqichi doirasida emlashdan oldin barcha oʻsmirlar tibbiy koʻrikdan oʻtib, koronavirusga PZR test topshiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala