Rossiya

Odamlarga shunchaki pul tarqatsa nima boʻladi? – Rossiya MB rahbari javob berdi

© Sputnik / Press Service of the Bank of Russia / Fotobankka oʻtishPredsedatel Tsentralnogo banka RF Elvira Nabiullina na press-konferentsii po itogam soveta direktorov po denejno-kreditnoy politike Banka Rossii
Predsedatel Tsentralnogo banka RF Elvira Nabiullina na press-konferentsii po itogam soveta direktorov po denejno-kreditnoy politike Banka Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Mutaxassis aytishiga koʻra, bunday holda iqtisodiyot oʻsishi boʻlmaydi, faqat inflyatsiya miqdori oshadi xolos. Bu esa negativ oqibatlarga olib kelishi aniq.
TOSHKENT, 21 iyun - Sputnik. Istalgancha qogʻoz pul bosmadan chiqarib odamlarga tarqatsa hammaga yaxshi boʻlmaydimi, - degan savolga Rossiya Rossiya Banki (Markaziy bank) rahbari Elvira Nabiulina javob berdi.
Mutaxassis aytishiga koʻra, bunday holda iqtisodiyot oʻsishi boʻlmaydi, faqat nflyatsiya miqdori oshadi xolos. Bu esa negativ holatlarga olib kelishi aniq.

“Markaziy Bankning pul-kredit siyosati faqat iqtisoddagi talabga taʼsir qiladi. Shunchaki pul bosmadan chiqarib uni odamlarga tarqatsa, talab miqdori oshadi, lekin taklif oʻzgarmaydi. Oqibatda iqtisod oʻsishi oʻrniga faqat inflyatsiya oʻsadi”, - dedi mutaxassis "Komsomolskaya pravda" nashriga bergan intervyusida.

Shu sababli ham MB asosiy stavkasini nol darajasiga tushirish ham xavfli hisoblanadi. Bunda banklar tomonidan ajratilayotgan kredit mablagʻlar miqdori keskin oshadi va iqtisodga juda koʻp mablagʻ kiritila boshlaydi. Bu ham oqibatda inflyatsiya oʻsishiga olib keladi.
“Inflyatsiya ikki xonali songa yetsa, buning bir necha ogʻir oqibatlari boʻlishi mumkin. Birinchidan, rubl kursi keskin tushib ketadi, chunki odamlar jamgʻarmalarini inflyatsiyadan saqlab qolish uchun boshqa valyutalarga oʻtkazishni boshlaydi. Ikkinchidan, biznes oʻz rivojlanishiga pul tikishni toʻxtatadi, chunki inflyatsiya uzoq muddatga rejalashtirishga xalal beradi”, - dedi MB raisi.
Zdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2020
Iqtisod
MB asosiy stavka pasaytirilishi yuzasidan izoh berdi
“Rivojlangan davlatlarda odamlar va biznes inflyatsion kutishlari “qotirilgan”. Ular narxlar oʻzgarmasligiga oʻrganib qolishgan. Ular 50 yildan buyon ana shunday tizimda yashab kelishmoqda va oʻz hukumatiga ishonadi. Shuning uchun ham hech kim magazinga yugurmaydi. Biror oʻsish boʻlsa ham, hammasi darhol joyishga tushadi” – dedi Nabiulina.
MB rahbarining soʻzlariga koʻra, rivojlangan davlatlarda ham yuqori darajali inflyatsiya boʻlsa ular ham asosiy stavkani oshirishadi. Lekin ular uchun bu muammoga aylanishi mumkin, chunki yillar davomida yigʻilib qolgan qarzlar bor. Bunday holda ushbu qarzlarga xizmat koʻrsatish narxi keskin oshib ketadi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyada inflyatsiya soʻnggi bir necha yil davomida nisbatan past darajada qolmoqda. Xususan, 2015 yilda yillik inflyatsiya miqdori – 12,9 % boʻlgan boʻlsa, 2016 yilda – 5,38 %, 2017 yilda – 2,52 %, 2018 yilda – 4,27%, 2019 yilda – 3,05%, va 2020 yilda - 4,91%ni tashkil qilgan. 2021 yilning yanvar - may oylarida oʻrtacha inflyatsiya miqdori 5,5%ni tashkil qilmoqda. Yillik moʻljal – 4%.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala