Sport

Oʻzbekistonlik yosh chavandoz Millatlar kubogi musobaqasida uchta medalni qoʻlga kiritdi

© Ministerstvo turizma i sporta UzbekistanaUzbekistanets zavoyevala tri medali na Kubke natsiy po konnomu sportu
Uzbekistanets zavoyevala tri medali na Kubke natsiy po konnomu sportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Oʻzbekistonlik sportchi Abdurahmon Abdullayev Polshadagi musobaqada bronza, kumush va oltin medallarga ega chiqdi.
TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Polshada ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Millatlar kubogi musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Unda oʻzbekistonlik sportchi Abdurahmon Abdullayev uchta medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Musobaqada Go for it laqabli tulpor bilan qatnashayotgan Abdullayev dastlab 140 sm balandlikdagi toʻsiqlarni 29,56 soniya ichida bironta ham jarima ochkosisiz bosib oʻtdi va yakunda kumush medalga sazovor boʻldi.
Mejdunarodnыy konnыy turnir  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2019
Jamiyat
Oʻzbekistonda bolalar ot sporti maktablari tashkil etiladi
Musobaqaning ikkinchi kungi dasturida sportchi xuddi shu balandlikdagi katta yoʻnalishni bosib oʻtish uchun 60,31 soniya vaqt sarfladi. Bu natija Abdurahmon Abdullayevga bronza medalini taqdim etdi.
Yosh chavandoz musobaqaning navbatdagi kunida 150 sm balandlikdagi toʻsiqlarni 26,16 soniyada bosib oʻtdi. Bu natijani ushbu dasturda ishtirok etgan hech bir sportchi takrorlay olmadi va Abdullayev yakunda oltin medalga sazovor boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala