Video

Qozonlik mehmonlar Toshkentda Sabantoʻy tashkil qilishdi - video

Toshkentning markaziy bogʻida 20 iyun kuni tatar-boshqir millatlarning anʼanaviy milliy bayrami - Sabantoʻy boʻlib oʻtdi.
Qozon shahar filarmoniyasi solisti Rustem Nasibullin, duet "Farida-Alsu", hamda Tataristonda xizmat koʻrsatgan artist Nail Sagdiyevlar Toshkent aholisiga yaxshi kayfiyat ulashishdi.
Kontsert dasturi yoqin va rangba-rang boʻldi. Kattalar qoʻshiq va raqslar bilan band boʻlgan vaqtda bolalar turli oʻyin va musobaqalarda ishtirok etishdi: qopda yugurish, yostiqlar bilan jang qilish, obkash bilan yugurish va boshqalar. Bayram ishtirokchilari, albatta, mazali yeguliklar bilan bilan mehmon qilindi.
Tatar-boshqir festivalning eng yorqin lahzalari bilan videolavhamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala