Rossiya

Rossiya SSV qayta vaktsinalash uchun tavsiyanoma ishlab chiqdi

© Sputnik / Aleksandr KryajevMeditsinskiy rabotnik nabirayet v shprits rossiyskuyu vaktsinu "Sputnik V"
Meditsinskiy rabotnik nabirayet v shprits rossiyskuyu vaktsinu Sputnik V  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Kasallik avj olgan vaqtda har olti oyda, odatiy vaqtda har yili revaktsinatsiya qilish kerak - Mixail Murashko.
TOSHKENT, 21 iyun —Sputnik. Kasallik avj olgan vaqtida qayta emlash jarayonini har 6 oyda, “xotirjam vaziyatda” – bir yilda bir marta takrorlash kerak, dedi Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
Ana shunday tartibda emlash infektsiyadan himoya qiladi va qayta-qayta analiz topshirishga ehtiyoj qolmaydi, dedi sogʻliqni saqlash vaziri.
"Belgilangan muddatda revaktsinatsiya qilish eng optimal uslub. Oʻshanda har kuni antitanachalar miqdorini tekshirib yurishga ehtiyoj qolmaydi”, - dedi Murashko “Rossiya 24” telekanali efirida.
Kremlda ham biorz oldin COVID-19ga qarshi qayta vaktsinalashdan oʻzga yoʻl yoʻqligini taʼkidlashgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning avgust oyida Rossiya koronavirusga qarshi dunyoda birinchi yaratilgan vaktsina - "Sputnik V"ni roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Undan soʻng Rossiyada “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan "EpiVakKorona" hamda Chumakov nomidagi ilmiy markazda yaratilgan “KoviVak” yaratilgan edi.
Bugungi kunda Moskvada vaktsinaning birinchi komponenti bilan emalanganlar ulushi aholining 14 %, ikkla komponenti bilan emlanganlar – 11 %ini tashkil qilmoqda. RIA Novosti saytida oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, 34 % respondentlar vaktsaina olish niyatlari yoʻqligini maʼlum qilishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala