Jamiyat

Surxondaryoda 1 mln soʻm pora olmagan YPX inspektoriga qimmatbaho sovgʻa topshirildi

© Press-slujba GUBDDInspektor DPS Surxandarinskoy oblasti O.Berdыev otkazalsya ot vzyatki
Inspektor DPS Surxandarinskoy oblasti O.Berdыev otkazalsya ot vzyatki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Haydovchi qoidabuzarlik yuzasidan chora koʻrilmasligi evaziga xodimga 1 million soʻmni pora tariqasida taklif qilgan.
TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyatida xizmat vazifasini bajarish jarayonida pora olmagan IIB YHXB YPX inspektori taqdirlandi.
YHXBB matbuot xizmati xabariga koʻra, 11 iyun kuni Jarqoʻrgʻon tumanida kundalik xizmat vazifasini bajarish jarayonida "Gaz-53" avtomobilining haydovchisi qoidabuzarlik yuzasidan chora koʻrilmasligi evaziga Oʻ.Berdiyevga 1 million soʻmni pora tariqasida taklif qilgan.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Jamiyat
Pora olishdan bosh tortgan kadastr xodimiga 10 mln soʻm mukofot berildi
Xodim bu haqda bildirgi orqali viloyat IIB boshligʻiga maʼlum qilgan. Natijada pora berishga uringan haydovchi qoʻlga olingan.
Xodimning xizmat faoliyatidagi sadoqati va masʼuliyatliligi inobatga olinib, Oʻzbekiston IIV YHXBB boshligʻi va viloyat IIB rahbariyatining minnatdorchiligi bildirilgan va qimmatbaho sovgʻa topshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand, Buxoro va Qoraqalpogʻistonda pora olmagan IIV xodimlari ragʻbatlantirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala