Surxondaryoda 1 mln so‘m pora olmagan YPX inspektoriga qimmatbaho sovg‘a topshirildi

© Press-slujba GUBDDInspektor DPS Surxandarinskoy oblasti O.Berdiev otkazalsya ot vzatki
Inspektor DPS Surxandarinskoy oblasti O.Berdiev otkazalsya ot vzatki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Obuna bo‘lish
Haydovchi qoidabuzarlik yuzasidan chora ko‘rilmasligi evaziga xodimga 1 million so‘mni pora tariqasida taklif qilgan.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyatida xizmat vazifasini bajarish jarayonida pora olmagan IIB YHXB YPX inspektori taqdirlandi.
YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 11-iyun kuni Jarqo‘rg‘on tumanida kundalik xizmat vazifasini bajarish jarayonida "Gaz-53" avtomobilining haydovchisi qoidabuzarlik yuzasidan chora ko‘rilmasligi evaziga O‘.Berdiyevga 1 million so‘mni pora tariqasida taklif qilgan.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Pora olishdan bosh tortgan kadastr xodimiga 10 mln so‘m mukofot berildi
Xodim bu haqda bildirgi orqali viloyat IIB boshlig‘iga ma’lum qilgan. Natijada pora berishga uringan haydovchi qo‘lga olingan.
Xodimning xizmat faoliyatidagi sadoqati va mas’uliyatliligi inobatga olinib, O‘zbekiston IIV YHXBB boshlig‘i va viloyat IIB rahbariyatining minnatdorchiligi bildirilgan va qimmatbaho sovg‘a topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pora olmagan IIV xodimlari rag‘batlantirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0