Dunyoda

Tojikistonda Afgʻoniston bilan chegaraga oid favqulodda yigʻilish oʻtkazildi

© Sputnik / Amir Isayev / Fotobankka oʻtishStranы mira. Tadjikistan
Stranы mira. Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Togʻli Badaxshon viloyati rahbari Afgʻoniston bilan chegaradagi xavfsiz vaziyat ichki barqarorlikni himoya qilish zarurligi uchun signal ekanini taʼkidladi
TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. AQSH qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqib ketilishi munosabati bilan Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyati rahbari yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat raisi Yodgor Fayzov huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari va harbiylar bilan muzokaralar oʻtkazgan.
Afganskaya politsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Dunyoda
Afgʻonistonda jangarilar toʻydan qaytayotgan besh kishini oʻldirdi
U Afgʻoniston bilan chegaradagi xavfsiz vaziyat ichki barqarorlikni himoya qilish zarurligi uchun signal ekanini taʼkidladi.
Viloyat rahbari davlat chegarasi ehtimoliy buzilgan taqdirda barcha oyoqqa qalqib, hujumchilarga javob qaytarishini bildirgan.
Qayd etilishicha, Afgʻoniston shimolidagi vaziyat oʻta murakkabligicha qolmoqda: ekstremistik guruhlar chegara oldidagi hududlarni ishgʻol qilib, infratuzilmalarga jiddiy ziyon yetkazmoqda.
Shu bois Fayzov Togʻli Badaxshonning Afgʻoniston bilan chegaradosh hududlarida moddiy-texnikiy va kadrlar bazasining kuchaytirilishini ustuvor vazifa deb atadi.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Dunyoda
Rahmon tojik-afgʻon chegarasini qoʻriqlashni mustahkamlash boʻyicha topshiriq berdi
Shuningdek, u Afgʻonistondan kelishi mumkin boʻlgan qochoqlarni joylashtirish uchun boʻsh maydonni topish va yoqilgʻi, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va transport zaxiralarini toʻplashga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala