Jamiyat

Toʻrt yarim yil ichida qariyb 22,3 ming kishi Oʻzbekiston fuqaroligini oldi

© Sputnik / Valeriy MelnikovPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
2016 yil dekabr oyidan 2021 yil may oyiga qadar prezidentning tegishli farmonlari asosida 22 269 nafar shaxs Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan.
TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. 2016 yil dekabridan jori yil mayiga qadar 22 269 nafar shaxs Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Maʼlumotlarga koʻra, 1991 yildan 2007 yilga qadar respublikada jami 482 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. 2007 yildan 2016 yilning dekabr oyiga qadar bunday shaxslarga umuman fuqarolik berilmagan.
2016 yil dekabr oyidan 2021 yil may oyiga qadar prezident Shavkat Mirziyoyevning 87 ta farmoni asosida 22 269 nafar shaxs mamlakat fuqaroligiga qabul qilingan.
Tsentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Jamiyat
Senat Oʻzbekiston fuqaroligini olishni soddalashtirish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston fuqaroligini olish osonlashtirilgani xabar qilingan edi. Endilikda Oʻzbekistonda tugʻilgan fuqaroligi boʻlmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talab etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala