Toshkentda Janubiy Koreya fuqarosi o‘z vatandoshini pichoqlab o‘ldirdi

© CC0 / Unsplash / Bill OxfordNaruchniki. Illyustrativnoe foto
Naruchniki. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya fuqarosi o‘zining tanishi - "Taekwondo WTF" murabbiyi bo‘lgan 39 yashar K.Jga pichoq bilan og‘ir tan jarohatlarini yetkazgan.
TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Toshkentda Janubiy Koreya fuqarosi o‘z vatandoshi, "Taekwondo WTF" uyushmasi murabbiyini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Fojia 15-iyun kunni tong sahar Chilonzor tumanida yuz bergan.
44 yashar janubiy koreyalik K.D., o‘ta mast holda vatandoshi bilan janjallashib qolib, mojaro oqibatida "Taekwondo WTF" murabbiyi bo‘lgan tanishi 39 yashar K.Jga pichoq bilan og‘ir tan jarohatlarini yetkazgan.
Utrenniy tuman vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2021
Toshkentda shar sotuvchi joy talashib, o‘z raqibini pichoqladi
Jabrdiyda kasalxonaga olib borilgan, ammo tibbiyot xodimlari urinishlariga qaramasdan ertasi kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi erkak qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0