Ikkinchi jahon urushining afsona va asotirlari

© AFP 2023 / John MacdougallProyeksiya s nadpisyu «Spasibo” na russkom, angliyskom, fransuzskom i nemeskom yazikax, Berlin
Proyeksiya s nadpisyu «Spasibo” na russkom, angliyskom, fransuzskom i nemeskom yazikax, Berlin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Obuna bo‘lish
1945 yildagi g‘alaba - ko‘p millatli va birlashgan sovet xalqining buyuk qahramonligi natijasidir, uni G‘arbda buzib ko‘rsatishning yoki sobiq ittifoq hududida "milliy kvartiralarga" taqsimlashning iloji yo‘q.
Ikkinchi Jahon urushi sayyoramizning ko‘plab mintaqalarida son-sanoqsiz frontlar, buyuk janglar va mashhur qo‘mondonlarga ega edi, biroq, Qizil Armiya gitler Germaniyasi qurolli kuchlarini - barcha ittifoqchilarni qo‘shib hisoblaganda - uch barobar ko‘proq "yanchgan" va bu bilan german va yapon militarizmi ustidan qozonilgan g‘alabaga asosiy hissani qo‘shgan.
Amerikanskie voyennie na ulitsax razrushennoy Xirosimi posle atomnix bombardirovok, Yaponiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi uchun kim "pul tikkan". Maxfiy hujjatlar oshkor bo‘ldi
1945 yildagi g‘alaba - ko‘p millatli va birlashgan sovet xalqining buyuk qahramonligidir, uni G‘arbda buzib ko‘rsatishning yoki sobiq ittifoq hududida "milliy kvartiralarga" bo‘lib tashlashning iloji yo‘q.
Ikkinchi jahon urushi 1939-yilning 1-sentabridan 1945-yilning 2-sentabriga qadar davom etgan. Unda umumiy aholi soni 1,7 milliard insonni tashkil etgan 57ta mamlakat qatnashgan.
Shunday bo‘lsa-da, urush yakuni 1941-yilning 22-iyunida – fashist Germaniyasining SSSRga hujumi kuni aniqlangan edi.
Ikkinchi jahon urushi turli mamlakatlarda 55 million kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Sovet Ittifoqi 27 millionga yaqin odamni yo‘qotdi (tarixchilar tomonidan so‘nggi raqamlar aniqlanmagan), ularning aksariyati tinch aholi bo‘lgan. Qizil armiyaning abadiy qo‘ldan ketgan yo‘qotishlari (RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra) deyarli 12 million kishini tashkil etdi, 6 million 885 ming halok bo‘lganlar va 4 million 559 ming bedarak yo‘qolgan va mahbuslar shular jumlasidan.
Ittifoqchilarning yo‘qotishlari bilan mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydigan bu ulkan qurbonliklar Sovet xalqi Gitler ekspansiyasining eng qat’iyatli va murosasiz raqibi bo‘lganidan dalolat beradi. “Sharqiy front” Ikkinchi jahon urushining asosiy maydoniga aylandi. Hal qiluvchi maqomga amerika-ingliz qo‘shinlarining Normandiyaga tashlanishi yoki Arden operatsiyasi emas, balki Moskva, Stalingrad va Kursk dugasidagi janglar ega bo‘ldi.
Putin Lukashenko bilan birgalikda Rjev yaqinida Sovet soldati memorialini ochdilar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2020
Umumiy g‘alaba ramzi: Rjev yaqinida sovet soldati xotirasiga yodgorlik ochildi — video
Nemis tarixchilari hisob-kitobiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida 5,2 million nemis askarlari va 1,2 million tinch aholi halok bo‘lgan. Harbiy xizmatchilar va fuqarolar orasidagi yo‘qotishlarning teskari proporsiyasi Qizil armiya tizimli quldorlik ishlari yoki asir tushgan Germaniya va Yaponiya aholisini yo‘q qilish bilan shug‘ullanmaganini (nemislar Sharqiy Yevropada va yaponlar Xitoyda yo‘l qo‘ygani singari), balki Yevropani fashizmdan qutqargani bilan izohlanadi.
AQSh va Yaponiyaning Tinch okeani frontidagi yo‘qotishlari beqiyos. Ikkinchi Jahon Urushida Qo‘shma Shtatlar atigi 248 ming askarni yo‘qotdi - bu 2020-2021 yillarda koronavirus pandemiyasidan vafot etgan amerikaliklar sonidan ikki marta kam. Yaponlar bir necha yil ichida 467 ming kishini yo‘qotdi – SSSR Polshani ozod qilish paytida 477 ming askarni boy bergan.
Vodrujenie znamen Krasnoy armii nad Reyxstagom dostupno v formate VR-rekonstruksii   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2020
Har o‘ninchi amerikalik Ikkinchi Jahon urushida AQSh Rossiyaga qarshi urush qilgan deb hisoblaydi
Eng taajjublisi, oradan 75-yil o‘tib yaponlarda Ikkinchi jahon urushining "o‘z" tarixi paydo bo‘ldi va bu tarixda ular o‘zlarini agressor emas, balki “vaziyat” va nodo‘stona qo‘shnichilik “qurboni” sifatida ko‘rishmoqda.
Maktab darsliklaridan Xalxil-Goldagi jang, Uchta sovet frontining Kvantun armiyasiga qarshi Manjuriyadagi hujum operatsiyasi ham g‘oyib bo‘lgan. Shuningdek, Mo‘g‘uliston darsliklarida ham ushbu tarixiy ma’lumot yo‘qotilgani ayni haqiqat.

MDH maydoni korroziyasi

Ba’zi sobiq sovet respublikalari - xususan, Ukraina, Latviya, Litva, Estoniya – ashaddiy millatchilik yo‘lini tutdilar va "o‘zlarining" tarixlarini o‘zgartirib yozishni boshladilar. Haqiqiy urush qahramonlari o‘rnini bosqinchilarga xizmat qilib, o‘z xalqining qonini to‘kkan, Belarus, Ukraina va Polsha qishloqlarini yoqib yuborgan - kollaboratsionistlar, Banderachilar, "o‘rmon birodarlari" egalladi.
Zdanie Nyurnbergskogo Dvorsa yustitsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2020
Furerning sevimli shahri. Nega natsistlar ustidan sud aynan Nyurnbergda o‘tgan
Litvada har yili neo-natsizm mazmunidagi tantanali tadbirlar o‘tkaziladi: Xolokost ishtirokchisi Yonas Misunasga bag‘ishlangan "Yashil iblis yo‘llari bo‘ylab" aksiyasida 2000 ga qadar odam qatnashadi. Estoniya har yili estoniyalik SSchilar - 1944-yil iyul oyida Qizil Armiya tomonidan yo‘q qilingan 20- grenader diviziyasi Waffen SS a’zolari xotirasiga hurmat bajo keltiradi. Latviyada ham Waffen SS ning 15 va 19-bo‘limlarining legionerlarini surbetlarcha qahramon darajasiga ko‘tarishadi, ularni "Latviya xalqi va davlatining g‘ururi" deb atashadi – Riga markazida Waffen SS diviziyasi askarlari sharafiga tashkillashtiriladigan marshlar respublika ijtimoiy va siyosiy hayotining bir qismiga aylanib ulgurgan (bu SSni jinoiy tashkilot deb e’lon qilgan Xalqaro Nyurnberg harbiy tribunalining qaroriga zid ravishda o‘tkaziladi).
Neonatsistik kayfiyatlar Ukrainada tobora avj olmoqda. Oliy Rada - ukraina millatchilik harakati yetakchisi Stepan Bandera tug‘ilgani kunini bayram kuni sifatida e’lon qildi. Ukraina himoyachilari bayrami sifatida esa (14 oktabr) Ukraina isonchilar armiyasi tashkil topgan kun belgilangan. “Dekommunizatsiya” shiori ostida SSSR shavkatli o‘tmishi va sovet xalqining umumiy tarixiga qarshi urush keng avj olgan.
Lider Kembridjskoy patorki Kim Filbi. 1955 god  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2020
"Kembrij beshligi" banderachilarni ovlashda qanday yordam bergan
Shu tariqa, Kiyevda fashizm xaloskorlari va bosqinchilar hamtovoqlari, o‘z xalqining kallakesarlari o‘rtasida tenglik belgisini qo‘yishmoqda, buyog‘iga – onglar chalkashib ketadi.
Yaqinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "tarixiy" bayonot bilan chiqdi: Polsha Osvensimidagi konslagerni 100-Lvov diviziyasi, ya’ni "ukrainlar" ozod qilgan emish. Va umuman, Yevropani fashizmdan "Ukraina frontlari" ozod etgan.
Osvensimga hali qaytamiz. Avvalroq, Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk (Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida) Rossiya Ikkinchi Jahon urushi tarixini "qayta yozishga urinayotganini" aytgan edi: "Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzkorligi– bu dunyo tartiboti va Yevropadagi tartibga qarshi hujumdir. SSSRning Germaniya va Ukrainaga bostirib kirganini hammamiz yaxshi eslaymiz. Biz bunga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak".
Afsuski, Belarus Respublikasida, oliy darajada Ulug‘ Vatan urushi "bizning urush emas” degan bayonotlar uchrab turadi, garchi aynan shu respublika SSSR tarkibida eng qahramon va partizan bo‘lib chiqqan bo‘lsada.
Xalqlarning muqaddas xotirasini himoya qilar ekan, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ilgariroq MDH mamlakatlaridagi hamkasblarini sobiq SSSR xalqlarining umumiy harbiy tarixini qayta yozishga, Ulug‘ Vatan urushi voqealarini buzib ko‘rsatishga va unda yutganlarni yutqazuvchilarga o‘xshatib ko‘rsatishga urinayotganlarga qarshi turishga chaqirgan edi.

G‘arb vektori

Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer o‘tgan hafta Berlinda Germaniyaning 80-yil oldin Sovet Ittifoqiga hujumi haqida nutq so‘zladi. Shtaynmayer Germaniyani Sharqiy Yevropada Ikkinchi Jahon urushi paytida sodir etilgan jinoyatlarni hamisha yodda tutishga chaqirdi. U shunday dedi: "Jinoiy tajovuz urushi Vermaxt formasini kiygan bo‘lgan. Vahshiyliklarda vermaxt askarlari ham qatnashgan." Va u "nemis vahshiyligi" ni ifodalovchi joylarni sanab o‘tdi: "1942 yildan 1944-yilgacha kamida 60 ming kishi o‘ldirilgan Minsk yaqinidagi Maliy Trostesni Germaniyada biladiganlar bormi? Bitmas-tuganmas urushdan so‘ng Qizil Armiya bir milliondan ziyod qurbonlar va jabrlanganlarni sanagan Moskva yaqinidagi Rjev shahrinichi?".
Uzniki konsentratsionnogo lagerya Osvensim, osvobojdennie voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2020
AQSh Osvensim qurbonlari va xaloskorlariga sariq chaqaga teng soxtani yubordi
Bu hurmatga loyiq pozitsiya. Axir G‘arbda boshqa talqindagi tarixiy ma’lumotlar tez-tez tarqatiladi. Masalan, yanvar oyida Germaniyaning Der Spiegel jurnali amerikaliklar tomonidan "Aushvis-Birkenau" (Osvensim) konslagerini ozod qilganligi to‘g‘risida dezinformatsiyani e’lon qildi. Ko‘plab tanqidlardan so‘ng, nashr "xato" qilinganligini, maqolaga tuzatish kiritilganligini e’lon qildi, chunki konslager Qizil Armiya tomonidan 1945-yilning 27-yanvarida ozod qilingan edi.
Bunday xatolar tizimli xarakterga ega ekanligini payqash mumkin. Avvalroq Polsha tashqi ishlar vaziri Gjegoj Sxetina polsha radiosi efirida eng yirik natsistlar konslageri Osvensimni ukrainaliklar ozod qilganini aytgan edi. Tarixchilar xalqaro anjumanlaridan birida Qo‘shma Shtatlardan kelgan bir ayol professor Ikkinchi Jahon urushi finalining amerikancha talqinini aytib berdi: General Duayt Eyzenxauer Berlinni olishi mumkin edi, lekin bu ishni "Stalin bilan janjallashmaslik uchun" qilmagan. Buni aytib, zalda kulgi ko‘tarilgach yana shundan deya qo‘shimcha qiladi: "Men o‘sha voqealar tarixini bilaman. Ammo bizning tarix kitoblarimizda aynan shunday yozilgan".
G‘arbda SSSR va Qizil Armiyaning nemis natsizmi va yapon militarizmi ustidan g‘alaba qozonishidagi yetakchi rolini kamaytirish maqsadida Ikkinchi Jahon urushi haqidagi afsonalar to‘qib, voqealarni yangicha talqin. Ular hatto Sovet Ittifoqini Germaniya bilan bir qatorga qo‘yishga harakat qilishadi, ammo raqamlar va faktlar bor va ular o‘ta o‘jar.
1940 yil dekabrdagi Gitlerning 21-sonli ko‘rsatmasi bilan tasdiqlangan Germaniyaning SSSRga hujum rejasi urush tugaganidan so‘ng darhol ommaga e’lon qilindi va uning haqiqiyligiga hech kim shubha qilmaydi. Gitlerning allaqanday "agressiyani tayyorlayotgan SSSRga qarshi oldindan zarba" sifatidagi xiyonatkorona hujumi birorta tarixiy hujjatda o‘z ibotini topmagan.
Sovetskie vrachi i predstaviteli Krasnogo Kresta sredi uznikov Osvensima v pervie chasi posle osvobojdeniya lagerya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2020
Gitler avvalo SSSR xalqlarini yo‘q qilishni rejalashtirgan - nemis diplomati
Gitlerning 1941-yildagi rejalari va niyatlarida nihoyatda ochiq edi: "Butun davlatni to‘liq yer bilan yakson qilish", "yo‘q qilish urushi". U Sovet Ittifoqini "tabiiy dushman" deb bilar edi va uni yo‘q qilishga, ulkan iqtisodiy resurslarni egallab olishga va aholini qulga aylantirishga umid qilgan. Germaniya va unga ittifoqdosh qo‘shinlarning 3,5 milliondan ortig‘i 1941-yilning iyunida 2900 km uzunlikdagi frontga hujum qilishgan.
Nemis armiyasining 80%i, jumladan, 3400 tank va 2700 ta samolyotlar sharqqa o‘z diqqatini jamlagan. Shunday bo‘lsada, “sharqiy kampaniya” Germaniya uchun Ikkinchi jahon urushida kutilmagan yakunni aniqlashtirib bergandi. Nemis askarlari va ofitserlarining aksariyati 1941-yildayoq Sovet ittifoqi bilan urushda mag‘lubiyat muqarrarligini anglab bo‘lishgan.
Va bu yerda SSSR ittifoqdoshlarining “har qiluvchi ko‘magi” hech qanday o‘rin tutmagan.
Butun urush davomida Germaniya va uning ittifoqchilarining asosiy kuchlari "Sharqiy frontga" o‘z diqqatini jamlagan edi: sovet qo‘shinlariga qarshi Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Italiya, Slovakiya va Ispaniyadan 190 dan 286 tagacha eng jangovar salohiyatli fashist diviziyalari qarshi harakat qilishgan. Taqqoslash uchun Angliya-Amerika qo‘shinlariga Shimoliy Afrikada 9 dan 20 gacha diviziya, Italiyada - 7 dan 26 gacha, G‘arbiy Yevropada (Normandiyada qo‘nish boshlanishi bilan) 56 dan 75 gacha diviziyalar qarshi turgan. Shunga qaramay Qizil Armiya jami 113 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan Ruminiya, Polsha, Bolgariya, Yugoslaviya, Chexoslovakiya, Vengriya, Avstriya, Germaniya hududlarini to‘liq yoki qisman ozod qilgan.
Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2019
Jirinovskiy Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Polshani aybdor deb topishni taklif qildi
G‘arbning yana bir afsonasi - "xaloskor" Lend-Liz haqidagisi - unda AQSh va Buyuk Britaniya yordamisiz, ya’ni ular qurol va texnika bilan ta’minlamaganda, SSSR Germaniya ustidan g‘alaba qozona olmagan bo‘lishi haqida hikoya qilinadi. Biroq, urush yakuniga ko‘ra, Qizil Armiyaga faqat har o‘ninchi tank import qilingani ma’lum bo‘ladi (AQShdan jami 7000 ga yaqin, Buyuk Britaniyadan 5100 dona tank olingan). Bundan tashqari, 1941-yilning eng qiyin oylarida ittifoqchilar Sovet Ittifoqiga 4500 ta tank yetkazib berishga va’da bergan bo‘lib, keyinchalik atigi 466 ta mashina yuborishgan. 1941-yilda SSSR Angliyadan atigi 11 ta “Aerokobra” qiruvchilarini qabul qilgan. Taqqoslash uchun, Sovet Ittifoqi sanoati 1941-yil 22-iyundan 31-dekabrgacha Qizil Armiyaga 5400 ta tank va 8200 ta jangovar samolyot bergan. Shunga o‘xshash misollarni boshqa pozitsiyalar bo‘yicha ham keltirish mumkin.
Putin obyavil o registratsii pervoy rossiyskoy vaksini ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2020
Putin tarixni ko‘chirishga rozi bo‘layotganlarni kollaboratsionistlar deb atadi
Shuni unutmaslik kerakki, Qo‘shma Shtatlarda "Lend-Liz to‘g‘risida" gi qonun 1941-yilda o‘z milliy xavfsizligini ta’minlash choralaridan biri sifatida qabul qilingan. Amerikaliklar va inglizlar Sovet Ittifoqidan tashqari dasturning barcha ishtirokchilariga qarzlarni kechirishdi. SSSR va Rossiya Federatsiyasi Lend-Liz bo‘yicha 1,3 milliard dollar miqdorida, yillik 2,3%li postavkalarni urushdan bir necha o‘n yil o‘tib ham to‘lab kelgan, kredit 2006-yilda to‘liq to‘lab bo‘lingan.
Albatta, tarixiy xotiraning ma’nosi hozirgi va kelajak avlodlarga "birovning xatosi” va boshqa birovning qarzini yuklashda emas, balki bu o‘tmish hozirgi kunda va kelajakda qanday ishlashni davom etayotganini tushunishda. Zero, Shtaynmayer bejizga shunday demagan: "Hozirgi kunda o‘tmish izlarini o‘qishni o‘rganganlargina urush oldini ololadigan, zulmni rad etadigan va tinch-totuv hayotni ta’minlaydigan kelajakni yaratishga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin".
Yangiliklar lentasi
0