Koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi

© SS0 / Unsplash / Mat NapoVaksinatsiya, illyustrativnoe foto
Vaksinatsiya, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Obuna bo‘lish
Endilikda 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar emlanishi mumkin.
TOShKENT, 22 iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi. Endilikda 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini bepul emlash boshlanadi.
Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va ilmiy markazlar olimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda mamlakatda koronavirus infeksiyasi bog‘liq epidemiologik vaziyat hamda ushbu infeksiya bilan kasallanish holatlarini oldini olishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Vaksina Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlanadiganlar ro‘yxati kengaytirildi
Birinchi navbatda kasallik profilaktikasiga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, aholi tomonidan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash kabi sanitariya-epidemiologiya talablari nazoratini olib borish yuzasidan tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.
So‘nggi kunlarda infeksiya bilan kasallanish holatlari biroz ortganligini inobatga olib, hududlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga yo‘naltirilgan tibbiyot muassalarining tayyorgarlik holatini tahlil qilish va zarur dori vositalari zaxirasini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
SSVning 21-iyundagi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlash jarayonida jami 2,9 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan (1-bosqichda – 1,7 mln, 2-bosqichda – 1,06 mln, uchinchi bosqichda 127 ming kishi emlangan).
Yangiliklar lentasi
0