Mishustin energetika va sanoat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastie v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastie v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Obuna bo‘lish
Moskvada Rossiya va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi yakunida ikki davlat munosabatlarini yanada faollashtiruvchi salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Mixail Mishustin O‘zbekiston va Rossiya orasida sanoat va yonilg‘i-energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi. Rossiya bosh vaziri aytishiga ko‘ra, buning uchun barcha kerakli sharoitlar bor.
"Sanoat, yonilg‘i-energetika majmualarida hamkorlikni rivojlantirish kerak deb hisoblayman. Jumladan tinch atom energetikasidan, tibbiyot, ta’lim va raqamli iqtisod va umuman yuqori texnologiyalar sohalarida foydalanish", - dedi Mishustin.
Rossiya bosh vaziri aytishiga ko‘ra, Rossiya O‘zbekiston bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

"Biz Rossiya-O‘zbekiston aloqalarini yanada yuqori darajaga chiqarishdan, birinchi navbatda ularni istiqbolli loyihalar va tashabbuslar bilan to‘ldirishdan hamda bugungi mavjud chaqiriqlarga, birinchi navbatda, albatta, bu koronavirus pandemiyasiga, birgalikda qarshi turishdan chin dildan manfaatdormiz", - dedi bosh vazir.

Shuningdek, Mishustin Rossiya va O‘zbekiston orasida raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik uchun ulkan potensial borligini aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, bugun 22-iyun kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuv yakunida tomonlar Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarini yanada faollashtiruvchi salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0