Moskvadagi yig‘ilish yakunida Aripov va Mishustin qanday hujjatlarni imzolashdi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastie v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastie v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari seshanba kuni qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazdi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov ikki mamlakat Hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning 2-yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra 12 ta hujjat imzoladi.
Ro‘yxat:
qo‘shma kommunike;
hukumatlar o‘rtasida “Rossiya-O‘zbekiston” logistik yo‘laklarni rivojlantirish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
Rossiya davlat ro‘yxatga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati va O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi o‘rtasida hamkorlik bitimi;
Rossiya Federal bojxona xizmati (FBX) va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) o‘rtasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘larini va (yoki) pul vositalarini transchegaraviy joyini o‘zgartirishda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi axborot hamkorligi to‘g‘risida bitim;
FBX va DBQ o‘rtasida tashqi iqtisodiy faoliyati shubhali ishtirokchilar tomonidan moliyaviy operatsiyalar sodir etilishining oldining olish, aniqlash va ogohlashtirish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
mehnat inspeksiyasi, mehnat huquqlarini himoya qilish va bandlikka ko‘maklashish masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
“Rossiyskiy eksportniy sentr” AJ, “RJD Logistika” AJ va “UzAgroLogistics Centers” MChJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
2016 yil 30-dekabrdagi DBQ va FBX o‘rtasidagi O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida tovarlar va transport vositalarining olib o‘tilishida bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini tashkil etish to‘g‘risidagi (Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi) bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
o‘zbek tomoniga O‘zbekiston uchun madaniy boylik hisoblangan 29 ta qo‘lozmalar va 16 ta sopol buyumlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
2017 yil 7-apreldagi O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi va Rossiya Federal bojxona xizmati o‘rtasidagi O‘zbekistondan kelayotgan va Rossiyaga kiritilayotgan bojxona qiymati xususiyatiga ega ma’lumotlar bilan o‘zaro almashish bayonnomasiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi bayonnoma;
O‘zbekiston axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmat o‘rtasida aloqa va axborot texnologiyalari sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi (ilgari – bitim).
Yangiliklar lentasi
0