O‘tmishga qaramasdan hamkorlikka ochiq bo‘laylik – Vladimir Putin

© Sputnik / Sergey Ilin / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Obuna bo‘lish
Ulug‘ Vatan urushi boshlanishining 80-yilligi arafasida, Germaniyaning Die Zeit gazetasida chop etilgan, Vladimir Putinning maqolasi.
Bundan 80-yil oldin, 1941-yilning 22-iyunida, butun Yevropani yenggan natsistlar (nemis millatchilari), SSSRga hujum qilishdi. Sovet xalqi uchun - Ulug‘ Vatan urushi boshlandi. Bu urush bizning xalqimiz tarixida eng ko‘p qon to‘kilgan urush bo‘ldi. O‘nlab million kishilar qurbon bo‘ldi, iqtisodiy salohiyat va madaniy boyliklarga misli ko‘rilmagan zarar yetkazildi.
Biz Qizil armiya qahramonlari va front orti mehnatchilarining jasurligi va matonati bilan faxrlanamiz. Ular nafaqat o‘z Vatanining mustaqilligi va obro‘yini, balkim Yevropa va dunyoni qullikdan asrab qolishdi.
Hozir kim nima deb tarixni qayta yozishga urinmasin – haqiqat shundaki, sovet askari Germaniya yeriga nemislardan qasd olish uchun emas, balkim buyuk va oliyjanob qutqaruvchi missiyasi bilan kelgan. Biz uchun natsizm bilan kurashgan qahramonlar xotirasi muqaddasdir. Biz umumiy G‘alabani yaqinlashtirgan Gitlerga qarshi koalitsiya bo‘yicha hamkorlarimizni, nemis antifashistlari, Qarshilik harakati ishtirokchilarini minnatdorlik bilan eslaymiz.
Yevropa ittifoqi Qrimga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi
Jahon urushi dahshatlarini boshdan kechirgan Yevropa aholisi begonalikni yengib o‘tib o‘zaro hurmat va ishonchni tiklay olishdi. O‘tgan asrning birinchi yarmida sodir bo‘lgan tragediyalarni mantiqiy yakunlash uchun – integratsiya tomon yo‘l olishdi. Shuni alohida ta’kidlamoqchiman-ki, ana shunday Yevropaning paydo bo‘lishida hozirgi birlashgan Germaniyaning Sharqi va G‘arbida yashayotgan bizning xalq va nemislar orasidagi tarixiy kelishuvi ham ulkan rol uynagan.
Eslatib o‘taman, urushdan keyingi yillarda aynan nemis tadbirkorlari bizning davlat bilan hamkorlik qilishda birinchilardan bo‘lgan edi. 1970-yilda SSSR va FRG orasida Yevropaga uzoq muddatli tabiiy gaz yetkazib berish haqida “asr kelishuvi” imzolangan edi. Ushbu kelishuv kelajakdagi ko‘plab buyuk loyihalarga, jumladan “Shimoliy oqim”ga ham asos yaratdi.
Biz sovuq urushning tugashi Yevropa uchun umumiy g‘alaba bo‘ladi deb o‘ylagae edik. Biroz o‘tib, nafaqat Sharl de Gollning – Atlantikadan Uralgacha yagona kontinentga aylanishi haqidagi orzusi amalga oshishiga, balkim Lissabondan Vladivostokkacha yagona madaniy va sivilizatsion kontinent paydo bo‘lishiga umid qilgan edik.
Rossiya aynan ana shunday – umumiy qadriyatlar va manfaatlar bilan birlashtirilgan Katta Yevropa qurish mantiqi asosida, yevropaliklar bilan o‘z munosabatlarini rivojlnatirishga harkat qildi. Ushbu yo‘lda biz tomondan ham Yevroittifoq tomonidan ham ko‘p ishlar qilindi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?
Lekin oqibatda boshqa yo‘nalish g‘alaba qozondi. Uning asosida Shimoliy alyansni kengaytirish g‘oyasi yotardi. Aslida uning o‘zi sovuq urush qoldig‘i. Axir u o‘sha davrdagi qarama-qarshilik uchun yaratilgan edi.
Birlashgan Germaniyaning NATOga kiritilishidan boshlangan, blokning sharqqa tomon harakati - Yevropa ichida o‘zaro ishonchning yo‘qotilishiga olib keldi. O‘z vaqtida Sovet Ittifoqi rahbariyatiga berilgan va’dalar “bu sizga qarshi qaratilmagan”, “blok chegarasi siz tomon yaqinlashmaydi” degan so‘zlar - juda tez unutildi. Kengayish esa boshlangan edi.
Shunday qilib, 1999-yildan buyon NATOning yana beshta kengayish to‘lqini bo‘lib o‘tdi. Tashkilotga yana 14ta davlat qo‘shildi. Ular orasida sobiq Ittifoq mamlakatlari ham bor. Bu esa chegara chiziqlari bo‘lmagan kontinent haqidagi orzuni chipakka chiqardi.
Aytmoqchi bu haqida Germaniyaning SDPG partiyasi rahbarlaridan biri – Egon Bar 1980-yillarda ogohlantirgan edi. U Yevrop xavfsizlik tizimini to‘liq qayta ko‘rib chiqishni, unda ham SSSRning ham AQShning ishtirokini belgilagan edi. Afsuski na Yevropada, na AQShda va na SSSRda hech kim Barning gapiga quloq tutishni istamadi.
Ustiga ustak ko‘plab davlatlar kollektiv G‘arb bilan birga bo‘lishi yoki Rossiya bilan bo‘lishi haqida sun’iy tanlov qilishga majbur bo‘lishdi. Aslida bu - ultimatum edi.
Bunday agressiv siyosat qanday oqibatlarga olib kelganini biz 2014-yilda sodir bo‘lgan Ukraina tragediyasi misolida ko‘rdik. Yevropa Ukrainadagi konstitutsiyaga xilof amalga oshirilgan qurolli davlat to‘ntarilishini qo‘llab-quvvatladi. Hammasi ana shundan boshlandi. Bu kimga kerak edi? O‘shanda amaldagi prezident Yanukovich muxolifatning barcha talablariga rozi bo‘lgan edi. Nima sababdan AQSh Ukrainada davlat to‘ntarishi uyushtirdi, Yevrpa davlatlari esa beixtiyor uni qo‘llab-quvvatlashdi? Buning oqibatida Ukraina ichida tarqoqlik kelib chiqdi, Qrim Ukraina tarkibidan chiqdi.
Hozir butun Yevropa xavfsizlik tizimi jiddiy degradatsiya qilgan. Tig‘izlik kuchaymoqda, yangi qurollanish poygasi xavfi paydo bo‘lmoqda. Biz, hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan ulkan imkoniyatlarni boy bermoqdamiz. Bugun insoniyat pandemiya va uning og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bilan duch kelgan vaqtda, o‘zaro hamkorlik yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Lavrov Rossiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni kim buzganligini aytdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Yevropa o‘zi Rossiya bilan munosabatlarni yo‘q qildi - Moskva qanday javob beradi?
Nima sababdan bunday bo‘lmoqda? Va asosiysi biz birgalikda bundan qanday xulosalar chiqarib olishimiz kerak? Tarixning qanday saboqlarini esga olishimiz kerak?
Menimcha Katta Yevropaning urushdan keyingi tarixi bir narsani tasdiqlaydi: bining umumiy kontinentimizning rivojlanishi faqatgina barcha davlatlarning, jumladan Rossiyaning ham, birgalikda amalga oshirgan sa’y-harakatlari yordamida bo‘lishi mumkin. Chunki Rossiya - Yevropaning eng yirik davlatlaridan biri va biz o‘zimizning Yevropa bilan uzuluksiz madaniy va tarixiy bog‘liqligimizni his qilib turibmiz.
Biz ochiq va yaratuvchan hamkorlik uchun tayyormiz. Buni bizning Atlantikadan Tinch okeaniga qadar yagona hamkorlik va xavfsizlik hududi yaratish haqidagi g‘oyamiz ham tasdiqlaydi. Bunday hudud tarkibiga turli integratsion formatlar, jumladan Yevropa ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ham kirishi mumkin.
Yana takror aytaman: Rossiya Yevropa bilan barcha sohalarni qamrab olgan hamkorlik tarafdori. Bizda o‘zaro manfaatli bo‘lgan ko‘plab mavzular bor. Bu – xavfsizlik va strategik barqarorlik, raqamlashtirish, energetika, madaniyat, fan va texnologiyalar, iqlimiy va ekologik muammolarni hal qilish.
Ildam qadamlar bilan rivojlanayotgan dunyo, yangi chaqiriq va xavflarga duch kelmoqda. Biz o‘tgan davrlardan qolgan tushunmovchilik, xafachilik, mojaro va xatolar yukini ortizimdan sudrab yura olmaymiz. Ushbu yuk bizga dolzarb muammolarni hal qilishga xalal beradi. Bizning barchamiz ushbu xatolarni tan olishimiz va ularni to‘g‘rilashimiz kerak. Men bunga aminman.
Bizning umumiy maqsadimiz – Yevropa va jahon ravnaqi uchun kontinental xavfsizlikni ta’minlash hamda chegaralarsiz va yagona teng huquqli hamkorlik hududini yaratish ekani shubhasizdir.
Yangiliklar lentasi
0