O‘zbek-afg‘on chegarasi vaqtincha yopildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishBelorussko-ukrainskaya granitsa
Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Obuna bo‘lish
Faqat diplomatik pasport egalari va xalqaro yuk tashuvchi avtomobillar haydovchilari koronavirusga ekspress-test topshirib kiritiladi.
TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. Afg‘onistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotgani tufayli o‘zbek-afg‘on Davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishini vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazrligi.
Shu bilan birga, Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolariga turistik vizalar berishni hamda turistik firmalardan viza talabnomalarini qabul qilish vaqtincha to‘xtailadi.
“Termiz-avtoyo‘l” chegara o‘tkazish punkti orqali faqat quyidagi toifadagi fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladi:
diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalar va xalqaro tashkilotlar xodimlari hamda ularning oila a’zolariga;
xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga;
o‘z yurtiga qaytayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolariga.
Shuningdek, “Termiz-avtoyo‘l” chegara o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistongi kirib kelayotgan fuqarolardan koronavirusni aniqlash uchun ekspress test o‘tkaziladi.
Koronavirus aniqlangan O‘zbekiston fuqarolari maxsus klinikalarga davolash uchun yuboriladi. Koronavirus infeksiyasiga musbat natija aniqlangan chet el fuqarolari esa O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaydi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga kirib kelgan barcha shaxslardan 7 kun ichida PZR test o‘tkazish belgilangan. Test xarajatlarini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Yangiliklar lentasi
0