O‘zbekiston va Rossiya ta’lim sifatini baholashda hamkorlikni rivojlantirishga kelishdi

© Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Ta’lim inspeksiyasi va Rossiya Ta’lim va fan sohasida federal nazorat xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi
Ta’lim inspeksiyasi va Rossiya Ta’lim va fan sohasida federal nazorat xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Obuna bo‘lish
Shuningdek, yoshlarda tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari, 21-asr ko‘nikmalarini baholashning asosiy vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. Ta’lim inspeksiyasi va Rossiya Ta’lim va fan sohasida federal nazorat xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Joriy yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi.
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastie v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Moskvadagi yig‘ilish yakunida Aripov va Mishustin qanday hujjatlarni imzolashdi
Tashrif dasturiga muvofiq, Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning navbatdagi ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustin ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Rossiyaning Ta’lim va fan sohasida federal nazorat xizmati o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Memorandumga O‘zbekiston tomonidan Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev, Rossiya tomonidan Ta’lim va fan sohasida federal nazorat xizmati rahbari Anzor Muzayev imzo chekdi.
Mazkur hujjatga binoan tomonlar ta’lim sifatini baholash, ta’lim tizimini monitoring qilish sohasida teng huquqli hamkorlikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorligini hisobga olib, ta’lim sifatini oshirishni ko‘zlab o‘zaro anglashuvga kelishgan. Tomonlar ushbu hamkorlikka uzoq muddatli va konstruktiv tus berishga harakat qiladilar.
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastie v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Rossiya va O‘zbekiston savdo hajmi yaqinda $ 10 milliardga yetadi – Aripov
Ushbu memorandum doirasida mamlakatlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, rivojlanish va rejalashtirish bo‘yicha to‘plangan tajribalar, ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-amaliy ishlanmalarni rivojlantirishga doir axborotlarni almashish, ta’limning barcha darajalari bo‘yicha ta’lim sifatini baholash sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim tizimlarini o‘zaro o‘rganish, shu jumladan ta’lim sifatini baholash tizimlarini qiyosiy tahlil qilish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Tomonlar o‘zaro manfaatlaridan kelib chiqib, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlarda ikki mamlakat mutaxassislarining ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi.
Mazkur kelishuv doirasida, xalqaro mavzuyiy forumlar, konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar va ko‘rgazmalar tashkil etish hamda ta’lim sifatini baholash muammolari bo‘yicha ilmiy-uslubiy, axborot materiallar almashish ko‘zda tutilgan.
Qayd etish lozimki, Ta’lim inspeksiyasi faoliyatining dastlabki kunlaridan, 2017-yildan boshlab Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fanni nazorat qilish federal xizmati, Fan va oliy ta’lim hamda Maorif vazirliklari bilan o‘rnatilgan yaqin hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda.
Soveshanie po sovershenstvovaniyu sistemi visshego obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Oliy ta’lim sifati bozor talabiga javob bermaydi – prezident
2019 yil 30-mayda Urganch shahrida imzolangan ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ishlab chiqish va imzolash hamkorlik aloqalarining ilk amaliy natijasi bo‘ldi.
Ushbu bitim ikki mamlakat fuqarolari uchun ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bilan bog‘liq jarayonlarni chetlab o‘tgan holda o‘qishni davom ettirishlariga imkon yaratdi. Bu esa yoshlarning akademik harakatchanligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Moskva shahrida imzolangan memorandum esa ta’lim jarayonlarini nazorat qilish va tartibga solishda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, ta’lim muassasalarini attestatsiya-akkreditatsiyadan o‘tkazish, chet davlatlarda o‘qib-olingan diplomlarni tan olish jarayonlarini soddalashtirish, nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim jarayonlari ijrochilari uchun ko‘rsatmalar, uslubiy qo‘llanmalar yaratish kabi qator ishlarni bajarishda yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan.
Ta’kidlash joizki, qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda Rossiya universitetlarining 12 filiali tashkil etilgan. O‘zbekiston Ta’lim inspeksiyasi Rossiyaning Ta’lim bo‘yicha milliy akkreditatsiya agentligi bilan ushbu filiallarni litsenziyalash va akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha faol hamkorlik qilib qilmoqda.
Bundan tashqari, PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilib kelinmoqda.
Aziatskiy bank razvitiya (ABR) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
OTB O‘zbekistonda STEM ta’limni rivojlantirishga 100 million dollar ajratadi
2019 yil boshidan boshlab, rossiyalik ekspertlar ishtirokida Moskva, Toshkent va Samarqand shaharlarida trenerlar tayyorlash va 3000 nafardan ortiq pedagoglar malakasini oshirishga qaratilgan seminarlar va konferensiyalar tashkil etib kelinmoqda. Pandemiya sharoitiga qaramasdan Jahon bankining READ dasturi ko‘magida o‘zbekistonlik o‘qituvchilar uchun onlayn o‘quvlar olib borilgan.
Har ikki tomon mutaxassislari bilan birgalikda xalqaro tadqiqotlar, umumta’lim tashkilotlari uchun o‘quvchilarning kompetensiyalarini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va maktablarga yetkazib berilgan.
Bu boradagi rejalar sifatida O‘zbekiston READ dasturining uchinchi bosqichida qatnashishi, PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, seminarlar o‘tkazish va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish orqali hamkorlikni davom ettirish belgilab olindi.
Shuningdek, yoshlarda tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari, raqamli, funksional va moliyaviy savodxonlik, muloqot va hamkorlikni baholash va rivojlantirish, 21-asr ko‘nikmalarini baholashning asosiy vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0