Buxoroda O‘zbekiston tashabbusi bilan ilk marta tashkil etilgan xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda

© SputnikV Buxare startoval mejdunarodniy forum
V Buxare startoval mejdunarodniy forum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Obuna bo‘lish
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlandi.
TOShKENT, 23 iyun — Sputnik. Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Forum O‘zbekiston tashabbusi bilan birinchi marta tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum qatnashchilariga yo‘llagan murojaatini Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘qib eshittirdi.
Mirziyoyev parlamentlarning yaqin hamkorligi mamlakatlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida muvofiqlashtirilgan harakatlarni o‘zaro hamjihatlikda amalga oshirish imkonini berishini ta’kidlagan.
“Shu maqsadda O‘zbekiston tashabbusi bilan birinchi marta tashkil etilayotgan mazkur forum global maqsadlarga erishishda parlamentlarning ishtirokini muhokama qilish, parlamentlararo hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash uchun samarali muloqot maydoni bo‘ladi, degan umiddaman”, - deyilgan murojaatda.
Forum doirasida ilgari suriladigan taklif va tashabbuslar har bir mamlakat uchun o‘z milliy vazifalarini qayta ko‘rib chiqish hamda milliy dastur va strategiyalarni takomillashtirishga imkon beradi.
“Ishonchim komilki, forum yakunida qabul qilinadigan Buxoro deklaratsiyasi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, ushbu jarayonda parlamentlarning rolini oshirishga xizmat qiladi”, - deya yakunlangan davlat rahbari murojaati.
Shavkat Mirziyev prinyal Genseka Mejparlamentskogo soyuza Martina Chungonga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Shavkat Mirziyoyev Martin Chungongni qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0