Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ikki yangi o‘rinbosarlari tayinlandi

© Press-slujba MinvuzaNaznacheni dva novix zamministra visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya
Naznacheni dva novix zamministra visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Obuna bo‘lish
Diplomatiya universiteti va Yuridik universitet rektorlari vazirning birinchi o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va vazir Abduqodir Toshqulov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Komiljon Karimov vazirning birinchi o‘rinbosari, Rahim Hakimov esa vazirning fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida tanishtirildi.
Vaxobjon Rajapov naznachen zamestitelem ministra narodnogo obrazovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Xalq ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Komiljon Karimov mazkur tayinlovga qadar 2020-yilning 17-sentabridan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Siyosiy fanlar nomzodi.
Rahim Hakimov mazkur tayinlovga qadar 2020-yilning 28-mayidan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Yuridik fanlar doktori.
Yangiliklar lentasi
0