Jamiyat

Oʻzbekiston korruptsiyaga qarshi murosasiz kurashishga bel bogʻlamoqda – qonun loyihasi

Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestrini yuritish taklif qilinmoqda.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishning yangi choralarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Prezident topshirigʻiga asosan Adliya vazirligi ikkita hujjatni muhokamaga qoʻydi.
“Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni va “Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda boshqa qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Loyihalarda:
“Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri”ni yuritish;
2022 yil 1 yanvardan boshlab, davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va oʻrinbosarlari, ularning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etish;
Jinoyat kodeksida korruptsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq roʻyxatini belgilash;
korruptsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;
2021–2022 yillarga moʻljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturini tasdiqlash;
daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik oʻrnatish;
korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni oʻtashda yengillashtiruvchi normalar qoʻllanilishiga cheklovlar belgilash va boshqa shu kabi korruptsiyaga qarshi keskin choralarni qonunchilikka kiritish nazarda tutilmoqda.
Loyihalar muhokamasi 8 iyulga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala