Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanish koʻpayishining sabablari sanab oʻtildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishVrachi
Vrachi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva Oʻzbekistonda koronavirusdan kasallanish koʻpayib ketayotganining sabablarini aytdi.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanmay qoʻygani va koʻngilochar tadbirlar koʻpayib ketgani COVID-19 bilan kasallanish ortishiga sabab boʻlmoqda. Bu haqda AOKAdagi brifingda koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva maʼlum qildi.
“Aholi orasida niqoblar taqilmay qoʻyilgani — bu infektsiyaning odamdan odamga yuqishi uchun juda qulay sharoit, yaʼni hozir kunlar issiq, havo quruq — virusning havoda harakatlanishiga toʻsqinlik yoʻq va u bemalol insonlarning yuz va qoʻl terisiga yoki koʻz shilliq qavatiga, burundan nafas olamiz — havodagi virus burun shilliq qavvatiga yoki tomoqqa tushadi hamda hujayra ichiga kirib, kasallik chaqirishga imkoniyat qidiradi", — deydi u.
Ubaydullayevaning soʻzlariga koʻra, fuqarolar ijtimoiy masofani saqlamay qoʻygan. Bundan tashqari, juda koʻp toʻy-hashamlar, tugʻilgan kunlar va odamlar toʻplanishi mumkin boʻlgan koʻngilochar tadbirlar koʻpaytirib yuborilgan.
Bu kabi koʻngilochar tadbirlarda bir oila aʼzolaridan tashqari bir necha oilalar va odamlar soni 30 dan ortib ketmoqda. Tadbirlar yopiq joylarda, umumiy sigʻimdan 50 foizdan ortiq odamlar ishtiroki kuzatilmoqda, yaʼni agar 100 kishilik toʻyxonada tadbir boʻlsa, talab boʻyicha 50 kishidan ortmasligi kerak, lekin bugungi kunda toʻy-hashamlarda 100-150 tadan odam ishtirok etmoqda.
Moskovskiy klinicheskiy tsentr infektsionnыx bolezney Voronovskoye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus: kasallanganlar soni keskin oshib, 4 kishi vafot etdi
“Axir biz toʻy-hashamlarga koʻngil ochish uchun boramiz, unda ovqatlanish kerak, bunda uzoq davom etuvchi suhbatlar va muloqotlar boʻladi. Bularning hammasi koronavirus tarqalishiga katta zamin yaratmoqda”, - deya xulosa qildi u.
Qayd etish joizki, soʻnggi kunlarda respublikada kuniga 400 dan ziyod kovid bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Buning ortidan hukumat qator cheklovlar joriy etdi. Xususan, jamoat transportiga niqobsiz chiqish taqiqlandi, sanatoriy, pansionat va bolalar oromgohlariga PZR-test tahlilisiz qoʻyilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala