Video

Oʻzbekistonning YEOIIga toʻliq qoʻshilishi mamlakat uchun yangi imkoniyatlarni ochadi – Mishustin

Moskvada Rossiya va Oʻzbekiston bosh vazirlari darajasida hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ish natijalari va turli sohalardagi yirik qoʻshma loyihalar haqida gapirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Toshkent va Moskva oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi darajasini oʻzaro hamkorlik va birgalikdagi munosabati darajasi jihatidan misli koʻrilmagan deb hisoblash mumkin.
Xususan, Mixail Mishustin Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi-davlat sifatida qoʻshilishining ijobiy samarasini qayd etdi. Bu maqom respublikaga tashkilotning barcha afzalliklarini baholashga va kelgusida integratsiyalashgan taqdirda xususiyatlarni hisobga olishga imkon beradi.
"Ishonchim komilki, Yevroosiyo Ittifoqidagi toʻlaqonli ishtirok etish Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar va, albatta, Oʻzbekiston fuqarolari uchun sezilarli ustunliklarni yaratadi".
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Siyosat
Moskvadagi yigʻilish yakunida Aripov va Mishustin qanday hujjatlarni imzolashdi
Rossiya hukumati rahbari pandemiyaning ogʻir davrida ham Oʻzbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib borayotganini taʼkidladi. Soʻnggi bir yilda savdo hajmi 15 foizdan oshdi - qariyb 6 milliard dollarga yetdi. Bundan tashqari, agar respublikaga Rossiya tovarlarining eksporti 12 foizga oʻsgan boʻlsa, Oʻzbekistondan import deyarli 25 foizga oʻsdi.
Mishustin shuningdek, sanoat, yoqilgʻi-energetika kompleksi, shu jumladan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish, tibbiyot va taʼlim, raqamli iqtisodiyot, umuman, yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni jiddiy ravishda kengaytirish zarurligini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala