Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekistonning YeOIIga to‘liq qo‘shilishi mamlakat uchun yangi imkoniyatlarni ochadi – Mishustin

Obuna bo‘lish
Moskvada Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari darajasida hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ish natijalari va turli sohalardagi yirik qo‘shma loyihalar haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent va Moskva o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi darajasini o‘zaro hamkorlik va birgalikdagi munosabati darajasi jihatidan misli ko‘rilmagan deb hisoblash mumkin.
Xususan, Mixail Mishustin O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi-davlat sifatida qo‘shilishining ijobiy samarasini qayd etdi. Bu maqom respublikaga tashkilotning barcha afzalliklarini baholashga va kelgusida integratsiyalashgan taqdirda xususiyatlarni hisobga olishga imkon beradi.
"Ishonchim komilki, Yevroosiyo Ittifoqidagi to‘laqonli ishtirok etish O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va, albatta, O‘zbekiston fuqarolari uchun sezilarli ustunliklarni yaratadi".
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastie v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Moskvadagi yig‘ilish yakunida Aripov va Mishustin qanday hujjatlarni imzolashdi
Rossiya hukumati rahbari pandemiyaning og‘ir davrida ham O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. So‘nggi bir yilda savdo hajmi 15 foizdan oshdi - qariyb 6 milliard dollarga yetdi. Bundan tashqari, agar respublikaga Rossiya tovarlarining eksporti 12 foizga o‘sgan bo‘lsa, O‘zbekistondan import deyarli 25 foizga o‘sdi.
Mishustin shuningdek, sanoat, yoqilg‘i-energetika kompleksi, shu jumladan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish, tibbiyot va ta’lim, raqamli iqtisodiyot, umuman, yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni jiddiy ravishda kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0