Rossiya

Rossiya harbiylari chegarani buzgan NATO kemasiga ogohlantiruvchi oʻt ochdi

© Sputnik / Sergey Petrosyan / Fotobankka oʻtishChernomorskiy flot RF
Chernomorskiy flot RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Qora dengiz floti chegarachilar bilan birgalikda Fiolent burnida Buyuk Britaniyaning Defender kemasi tomonidan Rossiya chegarasini buzish holatini toʻxtatdi,
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Qora dengiz floti chegarachilar bilan birgalikda Fiolent burnida Buyuk Britaniyaning Defender kemasi tomonidan Rossiya chegarasini buzish holatini toʻxtatdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Rossiya harbiylari taʼkidlashicha, soat 11:52 da ingliz kemasi Rossiya chegarasini kesib oʻtib, Fiolent burni yaqinidagi hududiy dengizda 3 kilometrga kirdi. Kema chegara buzilgan taqdirda qurol ishlatilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi, ammo esminets ekipaji buni eʼtiborsiz qoldi.
Korabli NATO v Baltiyskom more vo vremya ucheniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Siyosat
Rossiya Qora dengizning qator hududlarini chet el kemalari uchun yopmoqda
12:06 va 12:08 da chegara qoʻriqlash kemasi ogohlantiruvchi oʻt ochdi. Yana toʻqqiz daqiqadan soʻng Su-24m samolyoti esminets yoʻnalishi boʻylab toʻrtta OFAB-250 ogohlantiruvchi raketa uchirdi.
12: 23da Buyuk Britaniya kemasi Rossiya Federatsiyasining dengiz hududiy chegaralarini tark etdi.
Voqeadan keyin Buyuk Britaniya elchixonasidagi attashe harbiy idoraga chaqirildi.
14 iyun kuni Buyuk Britaniyaning "Defender" esminetsi va "Everton" fregati Qora dengizga kirishdi. Bir kun oldin amerikalik esminets ham hududga keldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala