Iqtisod

Rossiya olimlari tajribasi yerlarning dashtu biyobonga aylanishini toʻxtatishda yordam beradi

© Iz lichnogo arxiva Valeriya EviyevaPitomnik prutnyaka ryadom s xurulom v Arshani
Pitomnik prutnyaka ryadom s xurulom v Arshani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Qalmiq davlat universiteti olimlarining koʻp yillik loyihasi hosildorligi buzilgan yerlarni qayta tiklashga imkon beradi.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. B.B. Gorodovikov nomidagi Qalmiq davlat universiteti (QDU) olimlari maxsus urugʻ ekuvchi (seyalka) va choʻlu biyobonga aylanishga qarshi kurashishda yordam berishga qodir oʻsimliklarga ishlov berish uchun texnologiyalarni yaratishdi. Ularning soʻzlariga koʻra, universitetning koʻp yillik loyihasi hosildorligi buzilgan yerlarni qayta tiklashga imkon beradi ularda mahsulotning jiddiy oʻsishini taʼminlaydi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar qildi.
Yer sharining koʻplab hududlarida iqlim va xoʻjaliklarni oqilona yuritmaslik yem-xashak zaminlarining zavol topishi va quruq yerlarda oʻsimliklar xilma-xilligining kamayishiga olib keladi, deya maʼlum qilishdi QDU olimlari. Natijada yaylovlar va shudgorlarning unumdorligi keskin pasayadi hamda ochiq koʻchma qumlar shakllanadi, qum boʻronlari roʻy beradi.
Yem-xashak oʻsimliklari urugʻlarining yetishmasligi buzilgan tuproqni keng koʻlamda yaxshilashni ortga tortayotgan asosiy muammolardan biridir. Tayyorlashning asosiy manbai boʻlgan ularning yovvoyi tarzda oʻsuvchi turlari standart sifatdagi urugʻlarning kerakli hajmini taʼminlash holatida emas. Bu muammoni hal qilishga QDU agromuhandislarining yangi keng koʻlamdagi loyihasi moʻljallangan.
© Iz lichnogo arxiva Valeriya EviyevaKollektsionnыy pitomnik prutnyaka na opыtnom pole KalmGU
Kollektsionnыy pitomnik prutnyaka na opыtnom pole KalmGU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Kollektsionnыy pitomnik prutnyaka na opыtnom pole KalmGU
“Sahro paydo boʻlishi va tuproqning buzilishi juda tez roʻy beradi, shu bois quruq yem-xashak oʻsimliklari urugʻchilik sanoatini tizimni ishlab chiqish va joriy etish – kechiktirib boʻlmaydigan vazifa. Qiyinchilikdan chiqishga maxsus ekishlar va tabiiy oʻsimlik muhitini yaxshilash yordam beradi, jumladan, oʻt va yangi daraxtzorlarni oʻtqazish hisobiga”, - deydi agromuhandislik kafedrasi professori, QDU muhandis-texnologiya fakulteti dekani Valeriy Eviyev.
QDU mutaxassislari tajribasi koʻplab mamlakatlar agromuhandislari uchun foydali boʻladi, Olimlarning ular orasida Qozogʻiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Moʻgʻuliston va boshqa mamlakatlar borligiga ishonchi komil. Universitet huzurida yem-xashak oʻsimliklari urugʻchiligi markazi ochilgan. Ular tuproq sifatini yaxshilaydi. Shu bilan bir qatorda agroxoʻjalik sanoati uchun moslashgan yangi navlarni chiqarish ustida ish olib borilmoqda.
QDU olimlari hisob-kitoblariga koʻra, loyihani amalga oshirish pichan olishni har bir tiklangan yaylov gektaridan 2 tonnaga yetkazishga imkon beradi. Goʻshtning umumiy koʻpayishini mavsumiga 5 000 gektardan 650 tonnaga yetkazish mumkin boʻladi.
Shuningdek, QDU olimlari kichik gabaritli texnikadan foydalangan holda yem-xashak oʻsimliklarini ekish mashinalarini yaratishmoqda. Ular ekish vaqtida tuproq va ekinga jiddiy zarar yetkazishning oldini olishga xizmat qilishadi.
© Iz lichnogo arxiva Valeriya EviyevaZimniy posev prutnyaka modernizirovannoy seyalkoy
Zimniy posev prutnyaka modernizirovannoy seyalkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Zimniy posev prutnyaka modernizirovannoy seyalkoy
Qolaversa, universitetda prutnyak, kamforosma va teresken kabi oʻsimliklar uchun maxsus seyalka ishlangan. U Rossiya patenti bilan himoyalangan. Olimlarning soʻzlariga koʻra, tuprogʻi buzilgan 10 ming gektar yaylovni yaxshilash uchun prutnyak urugʻiga boʻlgan talab yiliga taxminan 100 tonnani tashkil etadi. Yaratilgan seyalka urugʻlarni bir tekisda va sifatli taqsimlash imkonini beradi. Bu ularning behuda sarflanishining oldini oladi.
Universitet mutaxassislari tomonidan topilgan yechimlar, ularning soʻzlariga koʻra, ular ishlab chiqayotgan universial quruq yem-xashak oʻsimliklari urugʻlarini ishlab chiqish sanoat texnologiyasining zamini boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala