Migratsiya

Rossiya parlamenti migrantlarga doir yangi qonunni maʼqulladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPosetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo
Posetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Rossiya Federatsiya Kengashi chet elliklar uchun tibbiy koʻriklarning yagona maʼlumotlar bazasini yaratish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi barcha mehnat migrantlarini barmoq izlarini topshirish va tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga majbur qiladigan qonunni maʼqulladi.
Bugun yigʻilishda Federatsiya Kengashi yagona federal sanitariya-epidemiologiya maʼlumotlar bazasini yaratish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi, unda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning tibbiy koʻriklari va ularning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻplanadi.
Kojenov Vadim, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Migratsiya
Putin farmoni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya boʻldi – Kojenov
Hujjat Rossiya Federatsiyasida yashash guvohnomasi (VNJ), ishlash uchun ruxsatnoma yoki mehnat patentini olishni istagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni davlat yoki shahar muassasalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga majbur qiladi. Tibbiy koʻrik Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan tibbiyot tashkilotlarida oʻtkaziladi, Rossiya Federatsiyasi subʼyekti davlat hokimiyatining yuqori ijro etuvchi organi bunday tibbiy koʻrikni oʻtkazishga vakolatli tibbiyot tashkilotlari roʻyxatini belgilaydi.
Hozir Rossiyaga ishlash uchun kelgan chet elliklar mehnat patentini olish uchun hujjat topshirganda barmoq izlari va tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Boshqa maqsadlarda kelgan chet elliklar yoki YEOII boʻyicha sherik-davlatlaridan kelgan fuqarolardan bu talab qilinmas edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala