Rossiya

Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi antitanachalarni aniqlash testi yaratildi

Rossiyada hayvonlarda koronavirusga qarshi antitanachalarni aniqlash testi yaratildi.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. “Hayvonlarning sogʻligʻini saqlash federal markazi”ning mutaxassislari (“VNIIZJ” FGBU, Rosselxoznadzorga boʻysunuvchi muassasa) hayvonlarning qon zardobida SARS-CoV-2 virusiga qarshi antitanachilarni aniqlash uchun test-tizimini ishlab chiqishdi.
Antitanachalarni aniqlash tizimi keng qoʻllaniladigan ferment bilan bogʻlangan immunoferment (IFA) texnologiyasiga asoslangan.
Щenki. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Jamiyat
Hayvonlar uchun COVID-vaktsina Oʻzbekistonda sinovdan oʻtkazilishi mumkin
Qon zardobini tekshirish jarayonida hayvon organizmida SARS-CoV-2 virusi uchun ishlab chiqarilgan oʻziga xos antitanachalarni aniqlay oladi. Tahlil qilinayotgan qon namunasida antinachalar mavjud boʻlsa, ular rangli kaskad reaktsiyasini keltirib chiqaradi.
Rangning oʻzgarishini yuqori sezgir qurilmalar - tadqiqot jarayonini avtomatlashtirishga imkon beradigan IFA-riderlari bilan qayd etiladi. Test tizimi uy (mushuk, it), qishloq xoʻjalik hayvonlari (choʻchqa), moʻynali hayvonlar (qorakoʻzan, tulki) biologik materiallarini oʻrganishda sinovdan oʻtkazildi.
Chelyabinskaya veterinarnaya stantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Rossiya
Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi birinchi vaktsina roʻyxatdan oʻtkazildi
Taʼkidlanishicha, test tizimi bu turdagi jonivorlar qon zardobini tahlil qilish uchun moʻljallangan. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar uni universal deb aytishmoqda, bu infekuiyadan keyin ham, emlashdan keyin ham antitanachalarni aniqlashga imkon beradi.
Test tizimining ishlashini aniqlash maqsadida emlanmagan hayvonlarni, shuningdek, “Karnivak-Kov” bilan emlangan jonivorlarni testdan oʻtkazildi.
"Metod yuqori oʻziga xoslik va sezgirlikni koʻrsatdi: emlanmagan hayvonlarda test salbiy natija koʻrsatdi, barcha emlangan hayvonlarda SARS-CoV-2 virusiga oʻziga xos antitanachalar borligini aniqlandi", - deb qoʻshimcha qiladi Rosselxoznadzor.
Tez orada jismoniy va yuridik shaxslar test tizimini sotib olishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala