Jamiyat

Samarqanddan Istanbulga parvozlar soni koʻpaytirilmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishCamolet Boeing 767 aviakompanii Uzbekistan v aeroportu "Vnukovo" imeni A. N. Tupoleva.
Camolet Boeing 767 aviakompanii Uzbekistan v aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Iyuldan Samarqanddan Istanbulga haftasiga uch marta muntazam qatnovlar amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ joriy yilning iyul oyidan boshlab Samarqand – Istanbul – Samarqand yoʻnalishidagi parvozlarni koʻpaytiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aviaqatnovlar haftasiga uch marta, dushanba, chorshanba va juma kunlari bajariladi.
Yoʻlovchilar Samarqand – Istanbul yoʻnalishida aviachiptalarni 2 mln 935 ming soʻmdan, Samarqand – Istanbul – Samarqand yoʻnalishida esa aviachiptalarni 4 mln 282 ming soʻmdan boshlab sotib olishlari mumkin.
Passajirы v zale vыleta v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi parvozlar haftasiga 14 tagacha koʻpaytirilishi mumkin
Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airways” AJ 4 iyuldan boshlab Urganch–Istanbul yoʻnalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklashi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala