Iqtisod

Sardor Umurzakov Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi direktori bilan uchrashdi

© MIFTMinisterstvo po Investitsiyam i vneshney torgovle vstretilis s rukovodstvom ASI
Ministerstvo po Investitsiyam i vneshney torgovle vstretilis s rukovodstvom ASI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Oʻzbekiston Investitsiyalar vazirligi va Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Rossiya Federatsiyasi Strategik tashabbuslar agentligi Bosh direktori S.Chupsheva bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda tomonlar quyidagi yoʻnalishlarga doir takliflarni birgalikda tayyorlash va ilgari surishga kelishib olishdi:
investitsiyaviy muhitni takomillashtirish;
ishbilarmonlik bilan shugʻullanish jarayonlari shaffofligini oshirish;
yuqori samarali investitsiya loyihalarini ishlab chiqish;
investitsiya sohasidagi muammolarni hal etishda davlat organlari samaradorligini baholash.
Uchrashuv yakunida, tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Strategik tashabbuslar agentligi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Undan tashqari, Oʻzbekistonda hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi va aholi hayot sifatini baholashning reyting tizimini joriy etish yoʻnalishida birgalikda ish olib borishga kelishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala