Sardor Umurzakov Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi direktori bilan uchrashdi

© MIFTMinisterstvo po Investitsiyam i vneshney torgovle vstretilis s rukovodstvom ASI
Ministerstvo po Investitsiyam i vneshney torgovle vstretilis s rukovodstvom ASI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Investitsiyalar vazirligi va Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Rossiya Federatsiyasi Strategik tashabbuslar agentligi Bosh direktori S.Chupsheva bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar quyidagi yo‘nalishlarga doir takliflarni birgalikda tayyorlash va ilgari surishga kelishib olishdi:
investitsiyaviy muhitni takomillashtirish;
ishbilarmonlik bilan shug‘ullanish jarayonlari shaffofligini oshirish;
yuqori samarali investitsiya loyihalarini ishlab chiqish;
investitsiya sohasidagi muammolarni hal etishda davlat organlari samaradorligini baholash.
Uchrashuv yakunida, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Strategik tashabbuslar agentligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Undan tashqari, O‘zbekistonda hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi va aholi hayot sifatini baholashning reyting tizimini joriy etish yo‘nalishida birgalikda ish olib borishga kelishildi.
Yangiliklar lentasi
0