Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Martin Chungongni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyev prinyal Genseka Mejparlamentskogo soyuza Martina Chungonga
Shavkat Mirziyev prinyal Genseka Mejparlamentskogo soyuza Martina Chungonga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Oʻzbekiston va Parlamentlararo ittifoq bilan tajriba almashish, qator xalqaro tadbirlarni birgalikda tayyorlash va oʻtkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning bosh kotibi Martin Chunkongni qabul qildi.
Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni taʼminlash, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanini taʼkidladi.
Martin Chungong ham oʻz navbatida Oʻzbekistonda parlamentarizmni rivojlantirishdagi sezilarli yutuqlarni qayd etdi va bu boradagi global tashabbuslarini yuqori baholadi.
Tajriba almashish, qator xalqaro tadbirlarni birgalikda tayyorlash va oʻtkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston parlamentlararo ittifoqda ishtirokini 2017 yilda qayta tiklagan edi. 2021 yilda Oliy Majlis tomonidan Parlamentlararo ittifoq bilan koʻp qirrali munosabatlarni mustahkamlash toʻgʻrisida alohida hujjat qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala