Iqtisod

Toshkent viloyatida mashhur brendlarning sport liboslarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Natalya SeliverstovaMagazin sportivnoy odejdы Adidas
Magazin sportivnoy odejdы Adidas - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Zamonaviy tayyor kiyim ishlab chiqarish fabrikasini qurish loyihasi uchun 6 million dollar investitsiya ajratiladi
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Janubiy Koreyaning “Youngone Corporation” korporatsiyasi asoschisi Kixak Sung bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yangi investitsion loyihani amalga oshirish, zamonaviy kiyimlar ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.
© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiXokim Tashkentskoy oblasti Davron Xidoyatov vstretilsya s osnovatelem yujnokoreyskoy korporatsii YOUNGONE CORPORATION Kixakom Sungom
Xokim Tashkentskoy oblasti Davron Xidoyatov vstretilsya s osnovatelem yujnokoreyskoy korporatsii YOUNGONE CORPORATION Kixakom Sungom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Xokim Tashkentskoy oblasti Davron Xidoyatov vstretilsya s osnovatelem yujnokoreyskoy korporatsii YOUNGONE CORPORATION Kixakom Sungom
Taʼkidlanishicha, Janubiy Koreya kompaniyasi 40 yildan koʻproq vaqt mobaynida tayyor tikuv mahsulotlari, poyabzal va turli xildagi texnik tekstil mahsulotlari ishlab chikarish sohasida dunyodagi “birinchi raqamli” korporatsiya hisoblanadi.
Shu bilan birga, u Nike, Adidas va Lacost kabi dunyoning eng taniqli brendlariga tayyor kiyim-kechak yetkazib beradi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, zamonaviy tayyor kiyim ishlab chiqarish fabrikasini qurish loyihasi uchun 6 million dollar investitsiya ajratiladi. Buning natijasida 700 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala