Turizm

Qoʻqon - Turkiy dunyo turistik poytaxti maqomini olishi mumkin - tafsilotlar

© Sputnik / L. RaskinDvorets Xudoyar xana
Dvorets Xudoyar xana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Har bir mamlakat Qoʻqonda boʻlib oʻtayotgan uchrashuvga oʻz takliflari bilan kelgan va juda muhim qaror qabul qilinadi, deydi Bosh vazir oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov.
TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Kuni kecha, 23 iyun kuni Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida Turkiy kengash turizm boʻyicha vazirlarining majlisi boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Tadbirda Oʻzbekiston, Turkiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Ozarbayjon delegatsiyalari ishtirok etmoqda va ular bugun, 24 iyun kuni oʻtkaziladigan vazirlar uchrashuvi reglamenti va turizmni rivojlantirish masalasini muhokama qildilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDelegatsiya stran Tyurkskogo soveta
Delegatsiya stran Tyurkskogo soveta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Delegatsiya stran Tyurkskogo soveta
Shuningdek, Turkiy kengashga aʼzo mamlaktalar delegatsiyalari va OAV vakillariga Fargʻona vodiysi turistik salohiyati namoyish etildi.
Festival narodno-prikladnogo iskusstva v Kokande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2019
Jamiyat
Qoʻqonda har ikki yilda bir marta Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi
Jumladan, delegatsiya aʼzolari Margʻilon shahri boʻlishdi. Shaharda davlat-xususiy sheriklik asosida usta Ibrohim Sultonov tashabbusi bilan qurilgan Hunarmandlar markazida boʻlib, butun dunyoga mashhur "Ismoiljon gilamlari" mahsulotlari bilan tanishdilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaProizvodstvo shelkovыx kovrov
Proizvodstvo shelkovыx kovrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Proizvodstvo shelkovыx kovrov
Binoning yuqori qavatida gilam tsexi joylashgan. Bu yerda barcha mahsulotlar toʻliq qoʻl mehnati yordamida, 100 foiz toza ipakdan toʻqiladi.
Soʻngra delegatsiya aʼzolari Rishton tumaniga yoʻl olib, u yerdagi Xalqaro kulolchilik markazi, jumladan kulollarning ishi bilan tanishishdi.
Gostevoy dom v Rishtane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2021
Jamiyat
Rishtonlik otelyer Said Ahmedov: pandemiya yangi imkoniyatlarni taqdim etdi
Turning birinchi kunini viloyatning Uchkoʻprik tumaniga qilingan tashrif yakunlab berdi. "Mehrigiyo" xususiy korxonasida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash, klasterlar bilan hamkorlik qilish yoʻlga qoʻyilgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaLavandovoye pole
Lavandovoye pole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Lavandovoye pole
OAV vakillari ushbu korxonaga qarashli 5 gektar maydonda joylashgan lavanda dalasida boʻlishdi, ushbu oʻsimlikning foydali xususiyatlari va afzalliklari korxona xodimlari tomonidan tushuntirildi.

Juda muhim qaror qabul qilinadi

Bugungi uchrashuv kun tartibidan Kengashga aʼzo davlatlarda turizm sohasining pandemiyadan keyingi tiklanishi, "Tabarruk ziyorat" loyihasini amalga oshirish, Qoʻqon shahrini "Zamonaviy ipak yoʻli" dasturiga kiritish hamda aʼzo davlatlarning yirik shaharlari oʻrtasida xalqaro aviareyslarni tiklash masalalari oʻrin olgan.
Har bir mamlakat muhim uchrashuvga oʻz takliflari bilan kelgan.

"Turkiy kengash doirasida boʻlib oʻtadigan uchrashuvda oʻta muhim qaror qabul qilmoqchimiz, har yili turkiy tilli davlatlardagi unchalik mashhur boʻlmagan ammo salohiyati yuqori boʻlgan shaharlardan birini turistik poytaxt sifatida eʼlon qilib bormoqchimiz", - dedi tadbir doirasida jurnalistlarga Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov.

Bosh vazir oʻrinbosari Turkiy tilli davlatlar turizm poytaxti sifatida Qoʻqon shahri taklif etilganini taʼkidlab, ushbu qaror bugun turkiy kengash aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga umid bildirdi.
Abduhakimov, shuningdek, ushbu yigʻilishdan keyin Oʻzbekistonga sayyohlar oqimi sezilarli koʻpayish kerak, deya umid bildirdi. Buning uchun targʻibot-tashviqot ishlarini koʻpaytirish lozim, deya qoʻshimcha qildi u.

Nufuzli tadbir nega Qoʻqonda oʻtkazilmoqda?

Turkiy Kengash uchrashuvlarini Qoʻqon shahrida oʻtkazilishi bejiz emas. Koʻhna va navqiron shahar Markaziy Osiyoning markazida joylashgan, jahon hunarmandlari shahri maqomiga ega. Bu yerda turizm ham tez rivojlanmoqda.
Qoʻqon Fargʻona vodiysining yirik shaharlaridan biri boʻlib, u qadimdan ilm-fan, madaniyat hamda hunarmandchilik markazi hisoblangan. XVIII asrdan boshlab Qoʻqon vodiyning siyosiy, iqtisodiy, adabiyot va madaniyat markaziga aylandi. Qoʻqonda yaratilgan adabiy meros oʻzbek xalqining noyob durdonasiga aylangan. Mashrab, Huvaydo, Mahzun, Amiriy, Nodira, Uvaysiy va yana 200 dan ziyod oʻzbek mumtoz adiblari shu muhitning mahsulidir. Hozirgi oʻzbek adabiy tili ham Qoʻqon adabiy muhiti negizida shakllangan. Bu davrdagi taʼlim tizimi ham havas qilsa arzigulik edi. XIX oxiriga kelib birgina Qoʻqonning oʻzida 620 ta mahallada masjid, 240 ta boshlangʻich maktab, 52 ta madrasa, 23 ta qorixona mavjud edi.
Tseremoniya torjestvennogo otkrыtiya Pervogo Mejdunarodnogo festivalya narodno-prikladnogo iskusstva v Kokande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2019
Madaniyat
Hunarmandlar festivali uchun Qoʻqon tanlangani bejiz emas – Shavkat Mirziyoyev  
Professor X.N.Bobobekovning "Qoʻqon 2000" nomli kitobida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 1878 yilda Qoʻqon shahrining savodxonlik salohiyati 53 foizni koʻrsatgan va bu koʻrsatkich oʻz davrida dunyodagi eng yuqori koʻrsatkich hisoblangan. Bundan tashqari, Qoʻqon "shoirlar shahri" deb ham atalgan. XVIII asrning birinchi yarmida Qoʻqon shahridagi har bir mahallada kamida 3 nafardan, jami 720 dan ortiq shoir yashab ijod qilgan va ular oʻz davrida shaharni "nazm markazi"ga aylanishiga hissa qoʻshgan.
Oʻzbek milliy hunarmandchilik namunalari va amaliy sanʼati ustalari ham aynan Qoʻqon atrofida birlashdi, gurkirab yashnadi va eng muhimi, shu kunlarga qadar saqlanib qoldi. Xususan, yogʻoch oʻymakorlik, kulolchilik, kandakorlik, meʼmorchilik, ipakchilik, chitgarlik va boshqa oʻnlab hunar turlari Qoʻqon xonligi davrida oʻz taraqqiyot choʻqqisiga chiqdi. Ularning mahsulotlari dunyoning 10 ga yaqin davlatiga olib chiqib sotilar edi.
Shu bois ham Qoʻqon nufuzli tadbirga mezbonlik qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala