Turizm

Qoʻqon Turkiy Kengash davlatlarining ilk Turizm poytaxti deb eʼlon qilindi

Kokand - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya turizm mutassaddilari Qoʻqon shahrini turkiy tilli davlatlarning "Turizm poytaxti" sifatida tasdiqlashdi.
TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik. Qoʻqonda b0oʻlib oʻtayotgan turkiy tilli davlatlarning turizm vazirlari kengashida Qoʻqon Turkiy Kengash davlatlarining ilk Turizm poytaxti deb eʼlon qilindi.
Majlisda, Turkiy Kengash raisi Bagdad Amreyev Qoʻqon hokimi Maʼruf Usmonovga Qoʻqon turlik tilli davlatlarning turizm poytaxti boʻlganligini tasdiqlovchi ramziy kalitni topshirdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVstrecha ministrov turizma tyurkoyazыchnыx stran v Kokande
Vstrecha ministrov turizma tyurkoyazыchnыx stran v Kokande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Vstrecha ministrov turizma tyurkoyazыchnыx stran v Kokande
Biroz oldin Oʻzbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Qoʻqon shahrini turkiy tilli davlatlarning ilk turizm poytaxti deb taklif qilgan edi.
"Oʻzbekiston, Turkiy Kengash tomonidan taklif qilingan “Turizm poytaxti” tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan holda, <...> Qoʻqon shahri nomzodini ilgari suradi va sizdan mazkur shaharni Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti sifatida qoʻllab quvvatlashingizni soʻrab qolamiz", - deyilgan vazir nutqida
Shu oʻrinda Abduhakimov, hozirda mashhur turizm maskanlarni emas, balki sayyohlik potentsiali yuqori boʻlgan shaharlarni rivojlantirish lozimligini taʼkidladi va Qoʻqon shahri Buyuk Ipak yoʻli va Turkiy dunyo rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshganini qayd etdi. Xususan, vazir nutqida quyidagilar keltirilgan:
1.
Qoʻqon - ikki ming yillik shonli tarixga ega bu shahar Turkiy dunyoning madaniyat,sanʼat, ilm-fan, adabiyot, din, savdo-sotiq, hunarmandchilik markazlaridan biri sanaladi.
2.
Qoʻqon hududida turkiy halqlarning urugʻ va qabilalari, jumladan, mangʻit, qalmoq, uygʻur, qoraqalpoq, qipchoqlar va boshqalar birga va hamjixatlikda hayot kechirishgan.
3.
Qoʻqon shahri ilm-maʼrifatning oʻchogʻi, 20 asr boshlarida turkiy tilda soʻzlashuvchi millatlarni birlashtirish yoʻlida tuzilgan “Turkiston muxtoriyati”ning siyosiy markazi hamda jadidlar harakati yetakchilari faoliyat olib borgan maskan hisoblanadi.
4.
Shahar oʻz davrida(18-19 asrlarda) adabiy markaz boʻlib, bu yerda 200 nafardan ortiq shoir va shoiralar, jumladan, Gulxaniy, Maxmur, Gʻoziy, Muqimiy, Furqat hamda Anbar Otin, Ziynat, Nodira, Uvaysiy kabi ulugʻ ijodkorlar faoliyat olib borgan. Ularning asarlari asosan turkiy tilda yaratilib, oʻz zamonida turkiy xalqlar ulardan bahramand boʻlgan.
Dvorets Xudoyar xana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Turizm
Qoʻqon - Turkiy dunyo turistik poytaxti maqomini olishi mumkin - tafsilotlar
Maʼlumot uchun, Qoʻqonda “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Turizm vazirlarining VI yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya turizm sohasi vazirlari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala