Turizm

Turkiy davlatlarning yagona turizm kalendarini tuzish taklif etildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVstrecha ministrov turizma tyurkoyazыchnыx stran
Vstrecha ministrov turizma tyurkoyazыchnыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Aziz Abduhakimov turkiy tilli davlatlar orasida transport va logistika aloqalarini rivojlantirishni, doimiy va charter parvozlar sonini oshirishni taklif qildi.
TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov bugun qoʻqonda boʻlib oʻtayotgan Turkiy tilli davlatlar turizm vazirlarining 6-yigʻilishida turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimi tuzishni taklif etdi.

“Toʻrtinchidan, turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimini yaratish taklifini bildirmoqchiman.

Unga koʻra, xalq oʻyinlari – etno sport (uloq-koʻpkari, dorbozlik, kurash, kamondan oʻq uzish, tosh koʻtarish kabi) va baxshilar musobaqasini oʻtkazib borish tarixiy anʼanalarimizning yoʻqolib ketishini oldini oladi”, - dedi vazir.

Shuningdek, Abduhakimov turkiy tilli davlatlar turizm obxʼyektlarini oʻzaro targʻib qilish gʻoyasini ilgari surdi va bu borada Oʻzbekiston “Turizm 365”, “ UzReport” va “Tarix”, “Al-Buxoriy” xalqaro yoʻldosh telekanalida turkiy davlatlar tomonidan taqdim etiladigan dasturlarni joylashtirishga tayyor ekaninni bildirdi.
Undan tashqari, Oʻzbekiston turizm va sport vaziri Turkiy Kengash huzurida aʼzo davlatlar mablagʻlari asosida Madaniy meʼros obʼyektlarini asrash jamgʻarmasini tashkil qilish gʻoyasini bildirdi.
Dvorets Xudoyar xana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Turizm
Qoʻqon - Turkiy dunyo turistik poytaxti maqomini olishi mumkin - tafsilotlar
Shu bilan birga Aziz Abduhakimov turkliy tilli davlatlar orasida transport va logistika aloqalarini rivojlantirishni, doimiy va charter parvozlar sonini oshirishni, turistik poyezd va avtobuslar harakatini yoʻlga qoʻyishni taklif qildi.
Maʼlumot uchun bugun Qoʻqonda “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Turizm vazirlarining VI yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya turizm vazirlari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala