Umurzakov va Manturov prezidentning Rossiyaga tashrifiga oid masalalarini muhokama qilishdi

© Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli UzbekistanaVitse-premyer Uzbekistana, ministr investitsiy i vneshney torgovli Sardor Umurzakov i ministr promishlennosti i torgovli Rossii Denis Manturov proveli peregovori v Moskve
Vitse-premyer Uzbekistana, ministr investitsiy i vneshney torgovli Sardor Umurzakov i ministr promishlennosti i torgovli Rossii Denis Manturov proveli peregovori v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya vazirlari Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rejalashtirilayotgan tashrifining iqtisodiy kun tartibiga oid masalalarni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Moskvada 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzakov Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rejalashtirilayotgan tashrifining iqtisodiy kun tartibini tayyorlash masalalari asosiy o‘rinni egalladi.
Ushbu yo‘nalishda, tomonlar quyidagilarga kelishib olishdi:
investitsiya bitimlari va savdo shartnomalariga erishish uchun tegishli vazirlik va idoralarning sanoat kooperatsiyasining yangi loyihalarini ishlab chiqishni jadallashtirishga;
O‘zbekiston Investitsiyalar vazirligi hamda Rossiya Sanoat vazirligi o‘rtasida tashkil etilgan Loyiha ofisi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi: Ofis tomonidan hozirgi kunda farmatsevtika, ishlov berish, mashinasozlik, metallurgiya va kimyo sanoatida yirik loyihalar ustida ish olib borilmoqda;
o‘zaro savdoni rivojlantirish maqsadida, tomonlar O‘zbekistonda texnik tartibga solish va standartlashtirish tizimini takomillashtirish, ushbu sohada hamkorlik qilish uchun rossiyalik ekspertlarni jalb etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirish va qo‘shma loyiha va tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0