Dunyoda

AQSH harbiylarning bir qismini Afgʻonistonda qoldiradi

© Sputnik / Aleksandr Imedashvili / Fotobankka oʻtishAmerikanskiye soldatы
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
AQSH hukumati Afgʻonistonda bir necha yuz nafar harbiylarni joylashtirish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda
TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. AQSH Afgʻonistondan oʻz harbiy kontingentining asosiy qismini chiqargach, bir qismini mamlakatda qoldirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda The Associated Press.
AQSH hukumati Afgʻonistonda 650 nafar harbiy xizmatchilarni joylashtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
Predstaviteli ministerstv oboronы stran SNG v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Jamiyat
MDH harbiylari shaxsiy tarkib tarbiyasi borasida kelishib olishdi
Maqolada qayd etilishicha, bunday chora amerika qoʻshinlarining asosiy qismi chiqarilganidan soʻng diplomatlar xavfsizligini taʼminlash uchun zarur.
Bundan tashqari, turk kuchlariga yordam sifatida AQSH hukumati yana bir necha yuz amerikalik harbiylarni bir necha oy davomida Afgʻonistondagi Qobul aeroportida ushlab turishni rejalashtirmoqda.
Amerika va xalqaro kuchlarning muhim qismi 4 iyulga qadar Afgʻonistonni tark etishi kerak, deya aniqlik kiritib oʻtilgan.
Tadjikskiye pogranichniki na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Ellik nafardan ortiq afgʻon harbiysi Oʻzbekiston hududiga oʻtdi – TIV bayonoti
Eslatib oʻtamiz, AQSH Afgʻonistonga oʻz qoʻshinlarini 2001 yil oktyabr oyida kiritgan edi. Ushbu qaror 11 sentyabr kuni Nyu-Yorkdagi egizak-minoralarga nisbatan amalga oshirilgan va 3 mingga yaqin insonlarning hayotiga zomin boʻlgan terroristik hujum fonida qabul qilingandi.
2010-2013 yillarda AQSH tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarning eng yuqori choʻqqisida Afgʻonistondagi Gʻarb kuchlari soni 150 ming kishidan oshdi. AQSH va NATOning asosiy jangovar boʻlinmalari 2014 yilda Afgʻonistondan chiqarildi.
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Rossiya
Shoygu Afgʻonistondagi vaziyatga baho berdi
Afgʻonistondan harbiy kontingentni olib chiqish niyati haqida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ham gapirgan edi.
AQShning amaldagi davlat rahbari Jo Bayden 14 aprel kuni Afgʻonistondagi Amerika tarixidagi eng uzoq xorijiy harbiy kampaniyaga aylangan operatsiyani tugatish qarorini qabul qilganini eʼlon qildi.
Amerika qoʻshinlarini chiqarish ishlari may oyida start oldi. Sal avval AQSH harbiy kontingenti, taxminlarga koʻra, Afgʻonistonni 11 sentyabrda tark etishi rejalashtirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala