Iqtisod

Bank-moliya akademiyasi Germaniyada oʻz vakolatxonasini ochadi

© Press-slujba BFABankovsko-finansovaya akademiya otkrыvayet predstavitelstvo v Germanii
Bankovsko-finansovaya akademiya otkrыvayet predstavitelstvo v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Pandemiyaga qaramay, Akademiya xalqaro aloqalarni faol rivojlantirmoqda; Rossiya va Qozogʻistonning yetakchi biznes maktablari bilan hamkorlik toʻgʻrisida Memorandumlar imzolandi.
TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. Bank-moliya akademiyasi xalqaro aloqalarni rivojlantirishda davom etmoqda, jumladan akademiya Germaniya Federativ Respublikasida oʻz vakolatxonasini ochadi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga akademiya matbuot-xizmati.
"Germaniyaning fan va taʼlimdagi muxim rolini inobatga olgan holda, Akademiya Leybnits nomidagi Fanlararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida ilm-fan, taʼlim va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Bank-moliya akademiyasi va Leybnits nomidagi Fanlararo tadqiqotlar instituti mutaxassislarining saʼy-harakatlarini birlashtirishga imkon beradi. Akademiya talabalari va oʻqituvchilari Germaniyada amaliyot va malaka oshirish uchun yuboriladi.", - dedi matbuot-xizmati vakili.
Leybnits nomidagi Fanlararo tadqiqotlar instituti (LIFIS) 2002 yilda tashkil etilgan boʻlib, oʻz vazifasini umuman ilm-fan sohasida xususan, Berlin Leybnits ilmiy jamiyatida, shuningdek, ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida amaliy aloqalarni boshlash va qoʻllab-quvvatlashda koʻradi.
Shuningdek LIFIS chet ellik hamkorlar bilan fanlararo muloqotni tashkillashtiradi va qoʻllab-quvvatlaydi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolar boʻyicha ilmiy konsultatsiyalar oʻtkazadi.
LIFIS Yevropa qayta tiklanadigan energiya assotsiatsiyasi (YEREC) va Biocon Valley xalqaro biotexnologiya kompaniyasi kabi nufuzli tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev i Angela Merkel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2020
Siyosat
Germaniya Markaziy Osiyoda faqat Oʻzbekiston bilan hamkorlikni davom ettiradi - DW
Maʼlumot oʻrnida: Bank-moliya akademiyasi 25 yildan beri banklar va moliya institutlari uchun menejerlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab kelayotgan bazaviy oliy oʻquv yurtidir.
Akademiyaning toʻrt ming bitiruvchisi orasida yirik davlat va xususiy banklar, hukumat idoralari, vazirliklar va idoralarning rahbarlari bor.
Milliy Bank koʻmagida Akademiya texnologiya, ilm-fan va tadbirkorlikni birlashtiruvchi, mamlakat va butun Markaziy Osiyo mintaqasining eng yaxshi ongini oʻrganishga jalb qiluvchi xalqaro taʼlim markazini yaratishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini amalga oshirmoqda.
Dollarы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun 60 mln dollar ajratadi
Bugungi kunda oʻquv butunlay qayta ishlab chiqilgan innovatsion taʼlim dasturi boʻyicha olib borilmoqda, unga koʻra 50% dan ortiq fanlar AQSH, Shveytsariya va Rossiyadan kelgan chet ellik oʻqituvchi-amaliyotchilar tomonidan oʻqitiladi. Akademiya talabalari raqamli bank va moliyaviy texnologiyalarga yangicha yondashuvlarni oʻzlashtirmoqda.
Pandemiyaga qaramay, Akademiya xalqaro aloqalarni faol rivojlantirmoqda; Rossiya va Qozogʻistonning yetakchi biznes maktablari bilan hamkorlik toʻgʻrisida Memorandumlar imzolandi.
Taʼkidlash joizki, yangi oʻquv yilida Akademiya 400 nafar bakalavr va magistrlarni qabul qiladi va abituriyentlarni roʻyxatga olish www.qabul.bfa.uz veb-saytida allaqachon ochiqligini maʼlum qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala