BSST: "delta" shtammi dastlabki koronavirusdan ikki barobar yuqumliroq

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital dlya bolnix COVID-19
Gospital dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
Obuna bo‘lish
Butunjahon sog‘liqni saqlash vazirligi "delta" shtammi dastlabki koronavirusdan ikki karra yuqumliroqligi haqida bayonot berdi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Koronavirusning "delta" varianti dunyoda dominant bo‘lishi mumkin, sababi, u dastlabki SARS-CoV-2 virusi bilan taqqoslaganda ikki karra yuqumliroqdir , deb bayonot qildi Twitterda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan.
Svaminatanning so‘zlariga ko‘ra, avval boshdan "delta" shtammi Hindistonda aniqlangan, ammo hozirda u 85dan ziyod davlatlarda mavjud.
Moskovskiy klinicheskiy sentr infeksionnix bolezney Voronovskoe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
O‘zbekistonga kovidning “hindcha” shtammi yetib keldimi?
"Ushbu shtammning bosh xususiyati shundaki — u dastlabki virusdan (SARS-CoV-2. — tahr.) kamida ikki barobar yuqumliroq", — deb aytgan Svaminatan.
Olimaning qayd etishicha, bunday shtammli bemor virusni "ikki, to‘rt, olti va hatto sakkiz nafargacha insonlarga yuqtirishi mumkin". Aynan shu sababli koronavirus butun oila a’zolariga yuqtirilgan holatlar keng tarqalgan, deya tushuntiradi Svaminatan.
"Bunda yaxshi xabar shundan iboratki, dunyodagi vaksinalarning aksariyati samarador, xususan, ular kasallik og‘ir kechishining oldini ololadi", — deya ta’kidlagan BSST vakili.
Rodstvennik cheloveka, umershego ot COVID-19, vo vremya krematsii v Djammu, Indiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Hindiston "delta +" shtammi "yashin tezligida" yuqishini ma’lum qildi
Mutaxassis shuningdek, vaksina olish juda muhimligi barobarida, koronavirus shtammlariga qarshi kurashda odamlar himoya vositalari (niqob va qo‘lqoplar)dan foydalanishlari hamda ijtimoiy masofani saqlashlari zarurligini qayd etdi.
BSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusning hindcha shtammi, yoki B.1.617 nomini olgan "Delta" varianti ushbu mamlakatda 2020-yilning beshinchi oktabrida Nagpur shahrida aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0