Analitika

Yevropani tez orada ichidan portlaydi: u Rossiyani qanday jazolashni oʻylamoqda

© Fotolia / Grecaud PaulFlagi Yevrosoyuza naprotiv zdaniya Yevropeyskoy komissii v Bryussele
Flagi Yevrosoyuza naprotiv zdaniya Yevropeyskoy komissii v Bryussele  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Yelena Karayeva
Kecha qirq sakkiz soat davom etgan va birinchi qismi ishchi deb nom olgan kechki ovqatdan iborat Yevropa Ittifoqi sammiti boʻlib oʻtdi. Bugun esa yalpi majlis boʻlishi kutilmoqda.
Rasmiy kun tartibi: "demokratiya va taraqqiyot dushmanlari" xatti-harakatlarini muhokama qilish etib belgilangan. YEI aʼzo-mamlakatlari Rossiya va Belarusni shunday deb hisoblashadi.
Belarusga qarshi sanktsiyalar paketi tasdiqlanadi, bu cheklovlar - kutilishicha - Yevropaga belarus kaliysi eksportiga taʼqiqdan iborat boʻladi (bu yevropa fermerlari tomonidan isteʼmol qilinadigan xom-ashyoning toʻrtdan bir qismi boʻlib, yetishmayotgan qismini kimdan xarid qilishlari hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda).
Flag YES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Dunyoda
Yevropa ittifoqi Qrimga qarshi sanktsiyalarni uzaytirdi
Rossiya xatti-harakatlarini esa bu yangi rusumdagi yevropa "partkomi" soʻnggi yetti yil davomida biror kuni ham "Sharqdan tahdidsiz" kechmagan yevropaning yorugʻyuzli jamoatchiligini tahlikaga tushirish uchun bandlar boʻyicha muhokama qiladi.
Agar vaziyatni "gʻarblik sheriklar" tomonidan taklif etilgan harbiy atamalarda izohlasak, u holda razvedkada bunday turdagi xatti-harakat "arzimas nishon bilan chalgʻitish" deb ataladi, nega deganda, YEI uchun haqiqiy tahdid mavjud boʻlgan taqdirda ham, u aslo Sharqdan emas, balki Janubdan boʻladi.
Bu tahdid shu qadar ayonki, shu tufayli uni hech kim ochiq muhokama qilishni istamaydi. Chunki qoʻrqishadi.
Russia Germany - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.01.2020
Siyosat
"Foydali muloqot". Putin va Merkel 3,5 soat ichida qanday mavzularni muhokama qilishdi
Axir soʻnggi yillarda nolegal migratsiya - istalgan soniyada alanga olib ketadigan olov oʻtkazuvchi shnurdan boshqa narsamas.
Oʻzingiz oʻylang: sammit davomida yevropaliklar eʼtibor qaratadigan Turkiya oʻz hududida Yevropaga kirib borishni istaydigan uch million potentsial qochoqlarni ushlab turibdi. Shunday ekan, Bryussel bilan kelishuvlarga amal qilishda davom etish yoki etmaslik faqat Anqara irodasiga bogʻliqdir.
Agar Oʻrta yer dengizi akvatoriyasida noqonuniy muhojirlarni qutqaruvchi notijorat tashkilotlar va Shimoliy Afrika qirgʻogʻidagi omonat qayiqlarga boshpana izlovchilarni joylaydigan (va Yevropaning oliyhimmat ijtimoiy paketi ehtimoliy oluvchilari) oʻrtasida aloqalar yuridik oʻrnatilgan bir vaqtda YEI mamlakatlari huquqni muhofaza qilish idoralari odam savdosida gumon qilinganlarni javobgarlikka tortish uchun hech qanday choralar koʻrmayaptilar.
Kandidat v prezidentы Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvыbornogo mitinga v parke Drujbы Narodov v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2020
Analitika
YEI mamlakatlari Belarus muxolifatini qoʻllashdan nima manfaat koʻradi - ekspert fikri
Italiya prokuraturasi matbuot ruxsat berganidan soʻra, sal chuqurroq kavlashtirgan edi, Shimoliy Afrikadan puflanib ishiriladigan qayiqchalarni yuboruvchilar bilan kimning pullariga kelgani nomaʼlum ijaraga olinadigan dengiz transportlariga nolegallarni qabul qiluvchilar oʻrtasida kuchli va iliq munosabatlar oʻrnatilgani, telekommunikatsiya texnologiyalarining barcha yutuqlari esa - har ikki tomonning xizmatlariga tegishliligi aniqlandi.
Bu haqda (va birinchi marotaba emas) Yevropol ham oʻz dokladida bayon etgan.
Oʻsha dokladning oʻzida raqamlar ham keltiriladi.
"Yevropa jannatiga" erishishni istovchi bitta nolegal migrantni yuborish uyushgan jinoyatchilik choʻntagiga oʻrtacha yetti ming yevro olib keladi.
Asosiy marshrutlar:
— sharqiy — Gretsiya, undan soʻng Bolqonlar orqali va rumin, bolgar hamda xorvat dalnoboyshchiklari yordamida Germaniya va Frantsiyaga;
Prezident Turtsii Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2020
Kolumnistlar
“Turkiya xulq-atvorini oʻzgartirish”: Gʻarb nima uchun Erdogʻanni jazolamoqda
— gʻarbiy — cherez ispanskiye portы i opyat s pomoщyu dalnoboyщikov i/ili sochuvstvuyuщix vo Frantsiyu;
— oʻrta (va eng ommabop) — italiya portlari orqali; va bu yerda ham yoʻnalishning oxir nuqtasi Frantsiya (kamdan kam hollarda Germaniya"dir.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, har yili u yoki bu usulda har yili Frantsiyaga kamida 350-400 ming nafar odam kirib boradi (taqqoslash uchun: bu Nitstsa aholisiga teng). Agar mamlakatda nolegallarning yarmi yoki uchdan bir qismi qoladi, deb taxmin qilinsa, bu bir tomondan va nazariy jihatdan hukumatni muammoni hal etishga, boshqa tomondan esa - jamoatchilikni koʻzni ochishga undashi lozim.
Frantsiya shaharlari koʻchalari endi frantsuzlarga tegishli emas. Endi kunduz kuni ham bu koʻchalar boʻylab yurish xavfsiz emas. Hatto obod va hashamatli hisoblangan kvartallarda ham ayollar boʻynidan zanjirni shunchaki yulib ketishlari yoki qoʻllaridan ushlab, bilaguzugini yechib ketishlari mumkin. Svetoforning qizil chirogʻida toʻxtash, agar haydovchi tomonidagi oyna mahkam yopilmagan boʻlsa, talonchilik - soat, pullar yoki kredit karta oʻgʻirlanishi bilan yakunlanishi mumkin.
Metroda yurish - mobil telefondan judo boʻlish xavfi bilan. Ushbu mayda, politsiya svodkalaridagi "huquqbuzarliklar" deyarli hech qachon matbuot yoki axborot portallari sahifalariga tushmaydi - Beshinchi respublika jurnalistlari bu singari xabarlar "ojiz va himoyasizlarga nisbatan nafratni avj olidirishi mumkinligiga" qattiq ishonishadi.
Prezident Frantsii Emmanuel Makron - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2021
Dunyoda
Makron Britaniyaning tashqi siyosatini tanqid qildi
Ammo mamlakatda roʻy berayotgan voqealar haqida gapirishga jazm qilganlarga muntazam va yaxshigina adolatli nafrat oʻqlari yogʻilib turadi.
Eng soʻnggi misol — Mari Le Penning "Milliy birlashma"ga qarshi koʻpsonli davolar (shu jumladan, Frantsiya Advokatlar palatasi tomonidan ham): uning partiyasi saylovoldi materiallarida bir nafar voyaga yetmagan migrantning yillik xarajatlari davlat gʻaznasiga taxminan 50 ming yevroga tushayotgani aytilgan edi.
Ushbu raqamlar - rasmiy maqomga ega va Senat Komissiyasining hisobotidan olingan, ularni rad etish qiyin, "Milliy birlashma" qoʻl urgan birgina gunoh, u ushbu raqamlarni oshkor qilganidir.
Flagi Velikobritanii i YES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Kolumnistlar
Boshqaruvni bizga bering: Yevropa yetakchilari "umumjahon hukumati"ga oshiqmoqda
Tok-shoulardan boshi chiqmaydigan, yaxshiliklar uchun tashviqot olib borib, yomonliklarga qarshi turadigan, millatchilarni (aslida - vatanparvarlarni) ksenofobiyada ayblaydigan, "lang ochiq eshiklar siyosati"ni chek-chegarasiz qoʻllab-quvvatlovchilar Yevropolning yanada tashvishli hisobotlarini yoki kriminalistlarning noqonuniy migratsiya bilan jamiyatdagi zoʻravonlik darajasi oʻsib borishida bogʻliqlik koʻrayotgan kriminolok-mutaxassislarning ogohlantirishini eʼtiborsiz qoldirmoqdalar.
Katta yoshdagi oʻsmirlar va yoshlarda zoʻravonlik muammosi bilan shugʻullanuvchi mashhur vrach-psixiatr Moris Berje "Figaro"ga bergan intervyusida: "Nazoratsiz nolegal migratsiyani bir necha yilga, to yangi kelganlar yashab turgan mamlakat qonunlariga amal qilish kerakligiga koʻnikmaguniga qadar toʻxtatish lozim. Ha, kimdir bunday qarorni adolatsiz, deb hisoblashi mumkin, ammo bizning boshqa choramiz yoʻq".
Nazoratsiz nolegal migratsiya — YEI ichida ham kuchli ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan yagona omildir.
Yangi kelgan "boʻlajak yevropaliklarni joylab, zarbani birinchi boʻlib oʻziga qabul qiladigan davlatlar bor, Bryussel ularni mablagʻsiz va sezilarli yordamsiz qoldirmoqda, bu esa oʻz navbatida ittifoq ichida noqonuniy muhojirlar harakatlanishi ustidan hech qanday nazorat boʻlmasligiga olib keladi. Gretsiya hukumati allaqachon bu haqda ochiqchasiga gapirmoqda.
Italiyaning ovozi tobora balandlashmoqda: sammitdan bir kun avval Rim migratsiya mavzusi kun tartibiga oʻzgartirish kiritilishi va "yevropalik" boʻlishni xohlovchilarning qabuli, hisobga olinishi va nazorati jarayonini qisman boʻlsa ham qayta koʻrib chiqilishini talab qilishini aytdi.
Ammo pragmatik Mario Dragining ushbu soʻzlari "eshitilishdan boshqa" hech qanday munosabatni keltirib chiqarmadi.
Yana Vengriya va Polsha bor: Budapesht va Varshava, xuddi oʻsha Parij, Nitstsa, Avinon va etnik getto maqomini olgan shaharga yaqin joylarda nimalar roʻy berayotganini koʻrib, na "yevropa birdamligi" doirasida, na ehtimoliy moliyaviy bonuslar evaziga ushbu holatni oʻz mamlakatlarida yuzaga keltirishni xohlamaydi.
Axir, Orban va Moravetskiyning (tarafdorlari umuman boʻlmagan Makrondan farqli oʻlaroq) jamoatchilik orasida aynan shunday siyosatni amalga oshirishga mandati bor.
Shu tariqa, agar nazoratsiz nolegal migratsiya ularni qabul qilayotgan davlatlarni sirtdan parchalab tashlamasa, u holda Yevropa ittifoqi ustida garchi tashqi tomondan farovon boʻlsada, ichkarida mavjud boʻlgan doimiy notinchlik singari ittifoqni ichkaridan parchalab tashlashga qodir. Bunday abstsessni payqamaslikning imkoni yoʻq.
Bu holatni yoki yuz berayotgan voqea haqida toʻgʻrisini aytib, oshkor qilishga toʻgʻri keladi, bu holda "yaxshi hayot izlashlar" odam savdosi tusini oladi, notijorat tashkilotlari, "ushbu hayotlar qutqaruvchilari" esa mafiya sheriklariga aylanadi, gʻazna tomonidan sarflanayotgan mablagʻlar esa maxfiylikni yoʻqotib, har bir yevropalik soliq toʻlovchining bundan xabari boʻladi.
Prezidentы Frantsii i SSHA Emmanuel Makron i Donald Tramp Tramp v Parije, Frantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2019
Dunyoda
“Miya oʻlimi”: Tramp Frantsiya yetakchisining NATO haqidagi soʻzlarini tanqid qildi
Aks holda, gapni oxirigacha aytmaslik, yashirish va tsenzura - mantiqiy yakuniga qadar davom etaveradi. Yevropa organizmining umumiy zaharlanishi, to fuqarolik urushi boshlanmaguniga qadar holat shunday kechadi.
Bu haqda Makronni harbiylar ogohlantirgan edi. Uch marta.
Ammo bugungi kunda Frantsiya prezidenti ham, boshqa rahbarlar ham intellektual ojizlik, gʻoyaviy uygʻotish va mayda saylov konʼyunkturasi tufayli noqonuniy nazoratsiz migratsiyani emas, balki Rossiyani Yevropa birligining dushmani deb bilishadi.
Shunday ekan vektor almashinuvi roʻy bermaydi. Bryusselda shu tarzda umumevropa peritonitini kutishga qaror qilishdi, aytganday, u ham kesiladi, axir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala