Homilador ayollarni "Sputnik V" bilan emlashga ruxsat berildi

© Sputnik / Abid Majar / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik derjit v rukax ampulu s rossiyskim preparatom ot koronavirusnoy infeksii "Gam-Kovid-Vak" ("Sputnik V")
Meditsinskiy rabotnik derjit v rukax ampulu s rossiyskim preparatom ot koronavirusnoy infeksii Gam-Kovid-Vak (Sputnik V) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
Obuna bo‘lish
Kasallik yirik shaharlarda, jumladan homilador ayollar va yosh bolalar orasida ham tez tarqalmoqda. Ayni damda 12 nafar ayol reanimatsiyaga joylashtirilgan.
TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Rossiyada homiladorlar ayollarni "Sputnik V" vaksinasi bilan emlashga ruxsat berildi. Bu haqida sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoga asoslanib, RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Bugun vaksinaning xavfsiz va samaradorligi haqida klinik sinovlargacha va klinik sinovlar davomida jamlangan ma’lumotlarga asoslangan holda, ekspertlar “Gam-kovid-vak” vaksinasini homiladorlar uchun qo‘llashga qo‘yilgan ta’qiqni olib tashlashga qaror qilishdi”, - dedi Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri.

Ma’lumot uchun, Rossiyada so‘nggi oy davomida koronavirus epidemiyasi juda tez tarqalmoqda. Kasallik, ayniqsa, yirik shaharlarda, jumladan homilador ayollar va yosh bolalar orasida ham tarqalmoqda. Murashko aytishiga ko‘ra, ayni damda 12 nafar ayol reanimatsiyaga joylashtirilgan.
O‘tgan haftada, Moskva meri Sergey Sobanin jamoatchilik bilan ishlaydigan kompaniyalarning kamida 60% xodimlari vaksina olishi majburiy deb e’lon qilgan edi. OAV xabariga kshra, ayni paytda Moskvada vaksina olish uchun navbatga 2 mln. Kishi yozilgan.
Yangiliklar lentasi
0