Jamiyat

Oʻzbekistonda yangi karantin cheklovlari kiritildi

© AFP 2018 / YURI KORSUNTSEVPolitseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Sogʻliqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qoʻshimchalar kiritildi
TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Sogʻliqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qoʻshimchalar kiritildi:
- 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qoʻshni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali oʻta zarurat boʻlmagan hollarda kirish boʻyicha cheklovlar oʻrnatildi;
Lecheniye bolnыx COVID-19 v GKB №40 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Jamiyat
Antirekord: Oʻzbekistonda bir sutkada 476 nafar koronavirus yuqtirganlar aniqlandi
- xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta boʻlgan barcha qatlamini oʻzlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infektsiyasiga qarshi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ihtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi;
- joriy yilning 28 iyunidan boshlab respublika boʻylab koʻngilochar obʼyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter oʻyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obʼyektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;
- koʻngilochar va umumiy ovqatlanish obʼyektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sigʻimining 50 foizidan qatʼiy oshirmagan holda xizmat koʻrsatish belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala