Jamiyat

Rossiya Oʻzbekistonning 15ta korxonasiga pomidor va qalampir importiga ruxsat berdi

Pomidorы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Rosselxoznadzor 28 iyundan boshlab Fargʻona viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi 15 ta korxonasidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berdi.
TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya nazorati boʻyicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) 28 iyundan boshlab Fargʻona viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi 15ta korxonadan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berdi.
Bu Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi kafolati ostida amalga oshiriladi.
Urojay tomatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.12.2020
Jamiyat
Pomidor va qalampir: Rossiya ayrim cheklovlarni qisman bekor qildi
Rosselxoznadzor Oʻzbekiston tomoni sabzavot jigarrang virusdan xoli boʻlgan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, 22 iyun kuni boʻlib oʻtgan oʻrtasidagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlar natijalari asosida qaror qabul qildi.
11ta korxonadan pomidor, 4ta korxonadan qalampir olib kirishga ruxsat berildi.
Pomidor:
1. "Grin Xaus Dangʻara" MCHJ;
2. "Dangʻara agro tomat" MCHJ;
3. "Kamolxon xoji ota" MCHJ;
4. "Kodirova Mamlakatxon saodati" MCHJ;
5. "Jamolxon Usmonov" f/x;
6. "Vodiy Agro Vorld" MCHJ;
7. "Isakxonzoda Xanifaxon" MCHJ;
8. "Agro Servis Azia" MCHJ;
9. “Marvel Invest” MCHJ;
10. "Bogʻbon Sarkor" f/x;
11. "Real kabel invest" MCHJ.
Migrantы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Migratsiya
Putin migrantlarga hujjatlarni uzaytirmasdan Rossiyada boʻlishga ruxsat berdi
Qalampir:
1. "Yuldashev Eldor" MCHJ;
2. “Vostochniy Aromat” MCHJ;
3. "Bogbon Sarkor" f/x;
4. "Far Promteximpeks" MCHJ.
Oʻzbekistondan shu yil yanvar-aprel oylarida qiymati 23,6 mln dollarlik 30,8 ming tonna pomidor eksport qilingan.
Eslatib oʻtamiz, Rosselxoznadzor 2020 yilning noyabr - dekabr oylarida Oʻzbekistonning Fargʻona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan, Rossiyada karantin roʻyxatiga kiritilgan obʼyektlar aniqlangani tufayli, pomidor va qalampir olib kirishni taʼqiqlab qoʻygan edi. Keyinchalik ayrim korxonalarga ruxsat berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala