Jamiyat

Toshkent yopiladi: poytaxtga kimlar kiritiladi?

© Ramiz BaxtiyarovZnak "Stop" na vʼyezde v Tashkent vo vremya karantina
Znak Stop na vʼyezde v Tashkent vo vremya karantina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Toshkent shahriga qoʻshni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali oʻta zarurat boʻlmagan hollarda kirish boʻyicha cheklovlar oʻrnatildi.
TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qoʻshni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali oʻta zarurat boʻlmagan hollarda kirish boʻyicha cheklovlar oʻrnatildi. Ushbu cheklov quyidagi holatlarga tatbiq etilmasligi belgilandi:
📌Toshkent shahrida doimiy yashovchi (roʻyxatdan oʻtgan) shaxslarga;
📌Toshkent shahrida doimiy yashovchi (roʻyxatdan oʻtgan) chet el fuqarolariga;
📌davolanish uchun tashrif buyurayotgan shaxslarga;
📌Toshkent shahrida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hududlardan keluvchi shaxslarga (ish joyi toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjat boʻlgan taqdirda);
📌Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uchib ketuvchi shaxslarga (aviachipta boʻlgan taqdirda);
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda yangi karantin cheklovlari kiritildi
📌Oʻzbekiston Respublikasiga turist boʻlib kelgan chet el fuqarolariga va ularni olib kelayotgan avtotransport vositasining haydovchisi hamda agar guruhli jamoa boʻlsa, tarjimon yoki turistik firma vakiliga;
📌barcha turdagi yuk tashish, shuningdek, qurilish materiallari (qum, shagʻal va boshqalar) bilan bogʻliq hollarga, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini har qanday avtotransport vositalarida hamda “Oʻzbekiston pochtasi” AJning pochta joʻnatmalarini tashish bilan bogʻliq hollarga;
📌sogʻliqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala