Toshkentdagi kafeda kuchli yong‘in yuz berdi

© Press-slujba MChS UzbekistanaPojarniy MChS
Pojarniy MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
Obuna bo‘lish
“Peggy ‘ s Bar & Grill” MChJ binosi va unga tutash bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Bugun soat 14:20da Toshkent shahar Yashnobod tumani S.Mashxadiy ko‘chasida joylashgan “Peggy ‘ s Bar & Grill” MChJ binosi va unga tutash bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.
Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:27da yetib borgan. Yong‘in soat 14:48da o‘rab olinib, soat 15:03da batamom o‘chirildi.
Spasateli MChS likvidirovali pojar, vspixnuvshiy v odnom iz restoranov Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Karmana tumanidagi ohak sexida kuchli yong‘in yuz berdi – ishchi halok bo‘ldi
Yong‘indan “PEGAS BAR GRIL” MChJ binosining 120 kv.m maydonida ichki va tom qismi hamda unga tutash bo‘lgan uyning 30 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 90 kv.m maydon saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0