Infografika

Yoʻl qoidasi – qismat foydasi

Yoʻl-harakati qoidalariga amal qilish - aksariyat musulmon davlatlarida sharan vojib amal deb tan olingan.
Islom shariati musulmon haydovchisidan yoʻl harakati qoidalariga faqat nazoratchi uchun emas sitqidildan amal qilishni talab qiladi.
Musulmon haydovchi maʼsuliyatsizligi oqibatida baxtsiz hodisa roʻy bersa, u nafaqat jamiyat balkim Olloh oldida ham gunohkor boʻladi. Bu haqida Oʻzbekiston Musulmonlar idorasining fatvosida batafsil aytib oʻtilgan.
Islom shariati yoʻl harakati qoidalariga ijtimoiy qoidalar sifatida qaraydi va hayotni, avlodni va mulkni asrash uchun ularga rioya qilishni buyuradi.
Aksariyat qoidabuzarliklar shariat boʻyicha ham gunohga teng hisoblanadi. Ular orasida tezlikni oshirish, ehtiyotsizlik oqibatida qurbon boʻlish, mast holda rulga oʻtirish, zaruratsiz signal chalish va koʻzni qamashtiradigan chiroqlarni yoqib yurish va boshqalar.
Islomda, yoʻl harakati qoidalari piyodalar uchun ham teng miqyosda amal qiladi. Ulardan oʻzlari uchun belgilangan yoʻlaklardan yurish va hayotini xatarga qoʻymaslik talab etiladi. Qoidalarni bila turib, oʻz hayotini xatarga qoʻyish - gunoh hisoblanadi.
Batafsil infografikamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala